Anzur Ismoilov: "Babayan kuchli psixolog"
28 avg 2015 04:45
Yangiliklar


Anzur Ismoilov: "Babayan kuchli psixolog"
"Babayan qo'l ostidagi dastlabki mashg'ulotim yaxshi o'tdi. Ilk bor Babayan bilan murabbiy sifatida ishladim. Babayan futbolchilarni ruhini ko'tarishga juda usta murabbiy deb aytishim mumkin. Bolalarni o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshiradi, tartibni yaxshi ko'radigan mutaxassis. Butun bir jamoani bir oiladek jamlay olishga qodir bu murabbiy. Samvel Babayanning eng katta ustun jihati - u kuchli psixolog. Bu futbolchilar bilan birinchi mashg'ulotni o'tkazdik. Yangi jamoa bilan tezda kirishib ketamiz deb o'ylayman. Yaman va Filippinga qarshi o'yinlarda 6 ochkoni ko'lga kirita olishga qurbimiz etadi. O'ylaymanki, bu ishni uddalay olamiz. Asosiysi mashg'ulotlarda qattiq mehnat qilib, bir-birimizni tezda tushunib olishimiz kerak", - deydi Anzur Ismoilov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar