So’nggi yangiliklar

02:38Супер ўйинда "Интер" "Барселона"ни тўхтатди ва ЕЧЛ финалига йўлланма олди!  730 01:42Шомуродовнинг ассисти уч очко олиб келмоқда: А Сериянинг 35-тур якунлари  0 01:09Фарҳод Нишонов: "Ўйиндан кўнглим тўлмади. Биринчи бўлимда ҳар томонлама ютқаздик"  0 00:53"Барселона"га қарши ўйиндан кейин "Реал" Анчелоттининг кетишини эълон қилади  2 00:21"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ажойиб таклиф бермоқда  0 23:43"Реал" Трентни деярли текинга олди. Бу Перес стратегиясининг навбатдаги ғалабаси (мутолаа учун)  0 23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  4 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  1 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0

Anzur Ismoilov 60ta o'yin o'tkazganligi uchun taqdirlandi Yangiliklar

Anzur Ismoilov 60ta o'yin o'tkazganligi uchun taqdirlandi

Anzur Ismoilov 2007 yil 2 iyun kuni O'zbekiston - Iroq o'yinida maydonga tushib terma jamoadagi o'z debyutini nishonlagan edi.
O'shanda u Aleksey Nikolaevni o'rniga maydonga tushgan. Himoyachining o'yinidan qoniqish hosil qilgan murabbiylar shtabi, unga 3 kundan keyin Janubiy Koreyaga qarshi bo'lib o'tgan bahsda asosiy tarkibdan joy beradilar.

U 12 o'yiniga kelibgina birinchi sariq kartochkasini olgan. Terma jamoadagi birinchi golini esa 2013 yil Iordaniyaga urgan edi. Statistika bizga turli qiziqarli malumotlarni taqdim etadi, Iordaniyaga qarshi o'yinda futbolchi o'zining yubiley, 60 o'yinini o'tkazdi.




Barchasi ajoyib o'tdi, bundan futbolchilar ham xursand bo'ldilar.


Terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan kelishgan holda, bundan keyin terma jamoada yubiley o'yinini o'tkazib kelayotgan futbolchilarni turli ko'rinishda taqdirlab boramiz. Hozircha 50ta va undan ko'p o'yinda maydonga tushgan futbolchilarni taqdirlaymiz. O'sib kelayotgan keying avlodga o'rnak bo'lsin deya boshlanayotgan ishimiz hali ommaviy bo'lib ketishiga ishonamiz. Ayni paytga kelib 17 nafar futbolchi terma jamoamiz sharafini 50tadan ortiq o'yinda himoya qilganlar.

Terma jamoada eng ko'p o'ynagan futbolchi bu Temur Kapadze 114ta! Kapadze Osiyo chempionatida o'zining 120 o'yinini o'tkazishi mumkin. Undan keyin Server Jeparov turibdi. Joriy yilning 5 mart kuni BAA bilan bo'lib o'tgan o'yinda sardorimiz 100 o'yinini o'tkazdi. Hozirda o'yinlar soni 104taga etib ulgurdi.
Uchinchi o'rinda, faxriylar safiga kirib ulgurgan posbonimiz, Ignatiy Nesterov 86ta! 90taga 4ta qoldi. Undan keyingi o'rinda turgan Aleksandr Geynrix hisobida 84ta o'yin mavjud. Beshinchi pog'onadan
Mirjalol Qosimov o'rin olgan, 67ta o'yin. Andrey Fyodrovda 65ta o'yin, Nikolay SHirshov va Asror Aliqulovda 63tadan. Odil Ahmedov va Maksish SHackix kuchli 10likni yopib berishadi, ularning hisobida 62 va 61tadan o'yin bor. Avvallari o'rtoqlik o'yinlarini juda kam bo'lganligini inobatga olsak, futbolchilik faoliyatini tugatgan o'yinchilarimiz uchun bu natija chakki emas.




Mahsus sovrnini topshirish jarayoni, sal avval men terma jamoa gvardiyachilarining statistikasini o'qib eshittirdim.



Mirjalol Qosimov bilan kelishgan holatda, 23 dekabr kuni Anzur Ismoilovga bag'ishlab, kichik dastur rejasini tuzib chiqdik. Unga ko'ra men va terma jamoamiz operatori  Jamoliddin Solixov sport do'konidan esdalik sovg'asini oldik.

Iordaniya bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan keyin o'yini 50taga etgan gvardiyachilar quyidagicha ko'rinish oldi:

Futbolchi

Tug'ilgan yili

O'yin

Daqiqa

Timur KAPADZE

05.09.1981

114

8464

Server JEPAROV

03.10.1982

104

8118

Ignatiy NESTEROV

20.06.1983

86

7435

Aleksandr GEYNRIX

06.10.1984

84

4938

Mirjalol QOSIMOV

17.09.1970

67

5112

Andrey FYODOROV

10.04.1971

65

5736

Asror ALIQULOV

12.09.1978

63

5306

Nikolay SHIRSHOV

22.06.1974

63

4818

Odil AHMEDOV

27.11.1987

62

5189

Viktor KARPENKO

07.09.1977

61

3996

Maksim SHACKIX

30.08.1978

61

4824

Anzur ISMOILOV

21.04.1985

60

4557

Aziz HAYDAROV

08.07.1985

58

4439

Baxtiyor ASHURMATOV

25.03.1976

54

4353

Ulug'bek BOQOEV

28.11.1978

53

2702

Fevzi DAVLETOV

20.09.1972

52

4132

Aleksandr XVOSTUNOV

09.01.1974

50

3980


50talikka yaqinlashib qolgan futbolchilar


Vitaliy DENISOV

23.02.1987

49

3795

Jasur HASANOV

02.08.1983

40

2572

Islom To'xtaxo'jaev

30.10.1989

39

2999

Sanjar TURSUNOV

29.12.1986

38

2495

SHavkat MULLAJONOV

19.01.1986

28

1941


Bundan buyon terma jamoamizda yubiley raqamlarni zabt etayotgan futbolchilarni shu tarzda taqdirlab borishni maqsad qildik. Agar bunga rasmiy ko'rinish bersak yanada jiddiyroq bo'lar edi. Aslida bu narsalar biz, jurnalistlarning zimmasidagi ish. Mana sekin boshlab ham yubordik.




Bu Anzurga "CA"ning sovg'asi ))

“Iordaniya bilan o'yin Anzurning faoliyatidagi 60chisi bo'ldi. Bunday natijaga erishish oson emas Umuman olganda shu zalga yig'ilib o'tirgan ekansizlar, demak sizlar ham mehnat qilgansiz. U yanada davomli bo'lib, mana shunday natijalarga erishish uchun ko'p ishlash kerak. hayotingizni futbol bilan bog'ladingizmi, demak unga beetibor bo'lmang. Agar yaxshi ishlashda davom etsangiz, mana Kapadzega o'xshaysiz yoki Jeparovga. Bu ikkisi allaqachon yuzlik marrasini zabt etib bo'ldi. Ular bu natijaga bir yil deganda emas, yillar davomida qilingan mehnatlar evaziga erishdilar. Anzur, men senga keyingi faoliyatingga omad tilagan holda, yillar o'tib murabbiylik sohasida ham muvaffaqiyatlarga erishishinga tilakdoshmiz”, - deydi Mirjalol Qosimov kechki mashg'ulotlardan so'ng tashkil etilgan tadbirchada.

Har qanday kishini qilayotgan ishidan kelib chiqib uni rag'batlantiring, u million-million pul turadigan sovg'a bo'lishi shart emas. Oddiygina oq-qora printerdan chiqqan varaqni ramkaga solsangiz ham bo'laveradi, muhimi etibor. Kishi o'zi qilayotgan mehnatini besamar ketmayotganligini xis qilsa, o'z ustida ikki karra ishlaydi, yangi yutuqlarni qo'lga kiritish va eng muhimi uni qadrlayotgan vataniga bo'lgan muhabbati jo'sh urib, ishida unum bo'lishi tayin.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика