So’nggi yangiliklar

07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  0 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  1 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  6 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  63 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  3 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  10 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  10 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  21 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  8

Anxel Lopes: "Oybek Bozorov ayni damda chempionatdagi eng kuchli futbolchi" Yangiliklar

Anxel Lopes: "Oybek Bozorov ayni damda chempionatdagi eng kuchli futbolchi"

Superliganing 5-turida qoldirilgan "Nasaf" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes o'z fikrlarini bildirib o'tdi.



- Penalti rejalarimizni buzib yubordi. O'yin tarzi o'zgarib ketdi. Balki bahsda belgilangan penalti 100 foiz jarimaga tortmas, chunki bu erda xavfli holat yo'q edi. Bahs 0:0 bo'lib turganida, hisobni ushlab turish uchun o'ynayotgandik. Penaltidan keyin esa himoyachilarning o'yinida biroz parokandalik yuzaga kela boshladi. Keyinchalik hujumga o'tib, hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Ketma-ket uch marta durang o'ynagan raqib uchun to'rtinchisi favqulodda "avariya"dek botardi. Ikkinchi bo'limda esa 77-raqamli futbolchining individual o'yini evaziga raqib ikkinchi golni urdi. "Nasaf" O'zbekistonning top-jamoasi. Ular buni OCHLda ham ko'rsatib qo'ydi.

Hisob 1:0 paytida ajoyib vaziyatni yo'qqa chiqardik. "Nasaf" kabi top-klublar bilan o'yinda bunday vaziyatlar doim ham yuzaga kelavermaydi. Agarda hisob 1:1 bo'lganida ko'p jihatlarni tartibga sola olardik. Jamoamning kelajagiga optimistik qarayman. Biz yanada yaxshi o'yin ko'rsata olamiz.

- "Surxon" "Nasaf" darvozasi oldida ko'p ham vaziyat yarata olmadi. Jamoaning hujum chizig'ida muammolar ko'zga tashlanyapti.

- Oybek Bozorov ayni damda chempionatdagi eng kuchli futbolchi. Jamoadagi yoshlarning kelajagi porloq. Buni ko'rib turibmiz. Ammo "Nasaf"ning so'nggi o'yinlarini ko'radigan bo'lsak, jamoa "Olimpik"ni yutayotgan paytda ham, AGMKni mag'lub etayotgan paytda ham o'yinni nazorat qilgani yo'q. "Nasaf"ga birinchi golni urib olgandan keyin raqibning rejalari o'zgaradi. O'shandagina ularga ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi gollarni urib mumkin bo'ladi. Ammo bu istalgan raqib uchun qiyin. Bugun esa jamoa juda ham ajoyib va men uchun kutilmagan tarzda o'yin namoyish qildi.

- Ikkinchi taym boshida markaziy himoyachi maydondan olinib, yarim himoyachi tushirildi. Ko'p o'tmay oldindagi futbolchi o'yindan olindi va yana markaziy himoyachi o'yinga tashlandi. Bunday qanday taktika bor?

- So'nggi uch kun davomida Bobur kasal edi. Aynan uni almashtirish orqali yarim himoyachini tushirib, hujumkorlikni oshirish niyat bor edi. 

- "Surxon" qachon Termizga qaytadi?

- Ayni damda buni amalga oshirishning iloji yo'q. Maydonni tezroq tayyorlashga harakat qilishyapti. Biroq bu qachon tayyor bo'lishini bilmayman.

- Navbatdagi bahs haqida nima deysiz?

- O'z jamoamga ishonaman. Jamoa chempionatda yaxshi o'ynamoqda, jamoa o'zini ko'rsatmoqda. Jamoa har tomonlama yaxshi o'ynashga harakat qilmoqda. Jamoa kelajakda yanada yaxshiroq o'ynashiga ishonaman. Yigitlarning kelajagi bor.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика