So’nggi yangiliklar

11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  2 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  6 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  20 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26

Anxel Lopes: "Natijadan xursand emasman. Biz g'alabaga loyiq edik" Yangiliklar

Anxel Lopes: "Natijadan xursand emasman. Biz g'alabaga loyiq edik"

Teglar :  "Paxtakor""Surxon"
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Men o'z yigitlarimdan faxrlanaman. Ammo hisob meni qoniqtirgani yo'q. Sababi, biz "Paxtakor"dan ko'ra yaxshiroq o'ynadik. Ayniqsa birinchi taymda biz juda yaxshi harakat qildik, ko'proq vaziyatlar yaratdik. Keyin esa o'yin natijasiga tasir qilgan hodisa ro'y berdi. Bizga yaqqol penaltini berishmadi. Bilmadim, bu erda VAR qanday ishlaydi. Ular vaziyatni tekshirishdi va yaqqol penaltini yo'qqa chiqarishdi. SHunday bo'lsa ham kurashishda davom etdik va "Paxtakor"ga qarshi durang qayd eta oldik. Ammo men natijadan xursand emasman. Sababi, biz g'alabaga loyiq edik.

- Ikkinchi bo'limni "Surxon" futbolchilari biroz xotirjam boshlashdi va passiv o'yin ko'rsatishdi. Bunga sabab nima?

- Albatta, "Paxtakor" o'yinchilarining saviyasi juda yuqori. Biz o'yindan avval "Paxtakor"ning o'yin uslubini juda sinchkovlik bilan o'rganib chiqqan edik. Ikkinchi bo'lim boshida ular haqiqatdan ham juda kuchli bosim uyushtirishdi. Ammo biz keyinchalik o'yindagi ustunlikni tenglashtirib, o'z o'yinimizni ko'rsatishni boshladik.

- "Surxon"ning bugungi o'yiniga o'n ballik shkalada necha baho qo'ygan bo'lardingiz?

- O'n baho qo'ygan bo'lardim.

- Hakamgachi?

- Bu savolga javob bermaslikni afzal ko'raman. Men istaydigan yagona narsa bu adolat va halol hakamlik. Men o'z jamoam foydasiga nohaq penalti berilishini ham xohlamayman. Bu mening qadriyatlarimga to'g'ri kelmaydi. Men shunchaki halol futbol bo'lishini istayman. "Surxon" Termiz jamoasi. Bizda juda ko'p muxlislar bor. Agarda hakamlar biz kabi jamoalarga adolat qilmaydigan bo'lsa, o'zbek futboli o'ladi. Bu esa juda va juda yomon. Men chet ellik inson sifatida sizning mamlakatingizni va barcha qadriyatlaringizni hurmat qilaman.

- Kezadani birinchi bo'limda maydonga tushirmadingiz. Bu birinchi bo'limda hisobni saqlab, ikkinchi bo'limda g'alaba qozonishni o'ylab qilingan harakatmidi?

- Kezada to'liq tiklanishga ulgurmagandi. "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda u zarba qabul qilib olgandi. SHu sababli, u biz bilan har kuni mashq qila olmayotgandi. Ammo biz futbolchilarni legioner yoki mahalliy deb ajratmaymiz. Ularning barchasi "Surxon" o'yinchilari. Bu bizning mentalitet. "Surxon" bir butun oila. 

- Birinchi bo'limdagi "Paxtakor"ni ko'rib, biroz yanglishganingizni sezdingizmi? Yani, ularda vajohat, ishtiyoq ko'rinmadi. Ular kiritgan birinchi gol ham xato natijasida kiritildi. Biros agressiv harakat qilganingizda  g'alaba qozonishingiz ham mumkin edi...

- Biz "Paxtakor" o'yinini juda chuqur tahlil qilib chiqqan edik. Ayniqsa Hamrobekov va Sobirxo'jaevni. Sababi, ular jamoaning miyyasi hisoblanishadi. Aynan ular "Paxtakor"ning o'yinini boshqarishadi. Birinchi taymda aynan ularga etibor qaratdik. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng esa men boshqa hujumchilarni maydonga tushirdim. SHu sabab ham, yakunda durang qayd etdik. 

- Ammo bu o'yinchilar birinchi bo'limda piyoda yurishdi...

- Men raqib jamoa futbolchilari haqida gapirishni istamayman. Ularni hurmat qilishim lozim.

- Fikringizcha, Voyneski Alijonov va Sobirxo'jaevni zaxiraga olib sizga yordamlashib yubordimi?

- "Paxtakor"ning uch o'yinchisi Alijonov, Sobirxo'jaev va Aliboev o'rtasida ajoyib bog'lamlar bor. Ular bir-birlarini juda yaxshi tushunishadi. Men uchun "Paxtakor"ning eng kuchli nuqtasi bu yarim himoya. Ular ko'proq markaz orqali o'ynashdi. Bu orqali darvozamiz yonida juda xavfli vaziyatlar yaratildi. Voyneski qilgan o'zgarishlar haqida men shunchaki o'z fikrimni aytishim mumkin. "Paxtakor" murabbiyi menimcha markazda nimanidir yangilamoqchi bo'ldi. Biz esa bunga ham tayyor edik. Bugun Nuriddin Xasanov "yolg'on to'qqizlik" poziciyasida harakat qildi. Juda ko'p vaziyatlar yaratdik. Sababi, bu o'yinga juda ko'p tayyorgarlik olib borgandik.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика