So’nggi yangiliklar

09:31Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги маоши маълум  0 09:05Хушбек Қосимов: "Мақсадимиз ёш футболчиларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  1 08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  13 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  4 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  1 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  3 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  9 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  63 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  4 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1

Anxel Lopes: "Birgina xato hammasini izdan chiqardi" Yangiliklar

Anxel Lopes: "Birgina xato hammasini izdan chiqardi"

Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Metallurg" (1:2) o'yinidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Individual xatolar tufayli bizda katta muammolar yuzaga keldi. SHunga qaramasdan, hujumlar uyushtirishga harakat qildik. Birgina xato hammasini izdan chiqardi. Keyin juda qiyin holatga tushdik, hech narsa o'xshamadi.

- "Surxon" pressingda juda kuchli. To gol o'tkazib yuborguncha hammasi yaxshi edi. Jamoa oldingi chiziqda yuqori pressing qo'llayotganiga qaramasdan, gol urish borasida samara chiqarolmayapti...

- Fikrlaringizga qo'shilaman. Wyscout statistikasiga ko'ra, yuqori pressing qo'llashda eng kuchli jamoalardan birimiz. Futbolchilarimiz hamisha chin dildan o'ynashmoqda. Hech bir joyda bo'sh hudud qoldirmaslikka urinishmoqda. Pressing orqali hammasini yopishga harakat qilyapmiz. Biroq afsuski, bizga imkoniyatlardan unumli foydalana olmaslik pand beryapti. O'z yo'limizdan qaytmoqchi emasmiz. Agar bugun birinchi golni biz urganimizda, o'yinni nazorat qilgan bo'lardik, ammo o'xshamadi. 

- Jamoa oxirgi daqiqalarda yaxshi hujum uyushtirdi. Bu yaqqol sezildi. Taktikani o'zgartirganmidingiz? 

- Bu oddiy holat. Jamoalar 0:2 hisobida yutqazib turgan paytda hujumga o'taverishadi. Biz ham xuddi shunday qildik. Bugun omad bizga klub boqmadi. Kelasi uchrashuvlarda ochko yig'ishga astoydil harakat qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика