Anvar Xojimirzaev: "Bugungi g'alaba jamoamizga ruhiy ustunlik beradi"
08 noy 2018 22:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/461725_original.jpg)
![](/upload/storage/461725_220.jpg)
Anvar Xojimirzaev: "Bugungi g'alaba jamoamizga ruhiy ustunlik beradi"
Pro-Liga 34-turidan o'rin olgan “Istiqlol” - “Norin” (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Anvar Xojimirzaev “championat.asia” saytiga intervyu berdi.
Jamoamizning maqsadi Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish hisoblanadi. Oxirgi turlarda qiyinchiliklarga duch keldik. Lekin bizda maqsad o'zgarmaydi, harakatdan to'xtamaymiz.
Bugungi uchrashuvga oxirgi ikki turda uchralgan mag'lubiyatdan keyin to'g'ri xulosa chiqarib, jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Mana bugun g'alaba qozondik. Ushbu g'alaba jamoamizga keyingi uchrashuvlarda ruhiy jihatdan ustunlik beradi deb o'ylayman.
Superliga klublarida o'ynash niyatim bormi? Albatta bor, aynan “Istiqlol” jamoasi bilan Superligaga chiqib, nasib qilsa ushbu jamoa tarkibida o'ynayman.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar