Anvar Soliev: "Navbahor" ketma-ket uchrashuvlarda gol o'tkazmayapti"
15 apr 2017 20:00
Yangiliklar
Anvar Soliev: "Navbahor" ketma-ket uchrashuvlarda gol o'tkazmayapti"
"Metallurg" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar sport direktori Anvar Soliev o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz Bekobodga g'alaba uchun kelgandik. Quvontirayotgani ketma-ket to'rtinchi uchrashuvda ham gol o'tkazmadik. SHamolning hisobiga biroz o'yinimiz o'xshamadi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz shamol yo'nalishida o'ynadi, ammo negadir himoyaga o'tib oldik. Raqibda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Himoyachilarimiz vazifalarini bajarishdi", - deydi Soliev.
"Metallurg" matbuot xizmati
"Metallurg" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
16:45
Siavash Haqnazari: "Bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q, o'zimizning aniq maqsadimiz bor" 6
Fikrlar