So’nggi yangiliklar

15:48Ўзбекистон мезбонлик қиладиган FIFA Series учрашувларининг вақти маълум  1 15:35"Бавария" ҳимоячиси яна жароҳат олди  1 15:07"Барселона" президентлигига номзод "Бавария" раҳбарияти билан Кейн трансфери бўйича боғланди  1 14:39"Челси" ҳужумчисини АПЛнинг бошқа бир клубига сотишга қарши эмас  0 14:13"Бавария" собиқ мураббийи қозоқ жамоасини бошқариши мумкин  0 13:44"Бавария" Жексонни сотиб олишдан воз кечди, аммо АПЛнинг 4 та клуби форвард учун курашишга тайёр  1 13:18Тудор "Тоттенхэм" АПЛда қолишига ишонади  1 12:55Артета: "Бизни ҳақиқий марафон кутиб турибди"  1 12:33Танташев ФИФА семинарида  1 12:18Про лига қачон бошланиши эълон қилинди  1 11:59Оғир жароҳат олган Лофтус-Чикка операция керак бўлади  1 11:37"Динамо" бугун Самарқандда йиғилади  2 11:15Жаҳонгир Жиямуродов — "Гулистон" бош директори  1 10:51Раҳимжон Давронов: "Кутганимиздан ҳам аъло даражада бўлди"   8 10:25"Реал Мадрид"нинг яна бир футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқди  0

Anvar Rajabov: "Buxoro"da bir yil ijarada o'ynayman" Yangiliklar

Anvar Rajabov: "Buxoro"da bir yil ijarada o'ynayman"

Huquqiy jihatdan "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan Anvar Rajabov og'ir jarohatlardan keyin avvalgi formasini tiklab olishga qiynalmoqda chog'i.
Qishki yig'inlarni asosan "sherlar" bilan o'tkazgan futbolchi kuni-kecha sobiq jamoasi "Buxoro" yig'iniga borib qo'shildi.

- "Buxoro"ning Toshkentda o'tkazayotgan mashg'ulotlariga 26 fevral kuni kelib qo'shildim. Bungacha esa "Paxtakor" tarkibida Turkiyada shug'ullanayotgandim", - deya gap boshladi Anvar Rajabov.

- "Paxtakor" o'yiniga kirishib ketishingiz qiyin kechdimi?

- Yo'q, men bunday demagan bo'lardim. CHunki bu klubga kecha kelmadim. O'tgan yili yarim yil sherlar tarkibida bo'lganman. To'g'risi har qanday futbolchi operaciyadan keyin birdaniga yana avvalgidek o'ynab ketishi qiyin. Murabbiylar Turkiyada menga O'zbekistonga qaytib "Buxoro" yig'iniga borib qo'shilishim kerakligini aytganidan keyin, qaytib keldim.

- Demak, bu yil sizni "Buxoro" safida ko'rar ekanmizda?
- Katta ehtimol bilan shunday. Oldimda boshqa klubga o'tish variantlari ham turgandi. Lekin "Buxoro" men uchun qadrdon jamoa. Aynan bu klubda o'ynab futbolchi sifatida shakllandim. Qolaversa oilamga yaqin bo'laman. SHu bois bir yil "Buxoro"da ijarada o'ynasam kerak.

- "Buxoro"ni ayni paytda Edgar Gess boshqarmoqda. Ilgari bu mutaxassis bilan birga ishlagansiz. To'g'rimi?
- Ha, "Nasaf"da Gess bilan yo'llarimiz kesishgandim. Katta tajribaga ega murabbiy. Qattiqqo'l va talabchan. Mashg'ulotlari ham yaxshi.  Hozircha murabbiy bilan yakkama-yakka suhbatlashish imkoni bo'lmadi.

- Ayni paytda sport formangizni necha foizga baholagan bo'lardingiz?
- Yomon emas. Bilasizmi  hozir hech qaysi futbolchi 100 foiz tayyor xolatda bo'lmaydi. CHempionatning 3-4 turi ortda qolganidan keyingina bunday ko'rsatkichga chiqish mumkin. Men ham bugungi tayyorgarligimdan nolimayman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика