So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  1 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  5 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  6

Anvar Rashidov: “Dinamo” tarkibidagi Demetradzening o'yini yoqdi” Yangiliklar

Anvar Rashidov: “Dinamo” tarkibidagi Demetradzening o'yini yoqdi”

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha Toshkentda faxriylar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Paxtakor” faxriylar jamoasi Gruziyaning “Dinamo” faxriylarini qabul qildi. O'yin jagavor durang (4:4) hisobida yakun topdi. SHu kuni “Paxtakor” darvozasini bir taym qo'riqlagan Anvar Rashidov o'z darvozasidan 3ta to'p o'tkazib yubordi. Ikkinchi bo'limda “Paxtakor”ning darvozabonlar murabbiyi bo'lmish, Rashidov o'z o'rnini Aleksey Roshinga bo'shatib berdi. Biz esa Anvar aka bahs haqida suhbatlashdik.

- Anvar aka, tbilisiliklar qarshi o'yinda durang qayd etildi. 4:4 hisobi o'yinga mos bo'ldimi?

- Ochig'ini aytganda, bu kabi faxriylar bahsi ko'pincha durang bilan yakun topadi. To'g'ri, hech kim maydonga chiqayotib, mag'lub bo'lamiz yoki durang qayd etamiz deb chiqmaydi. Lekin shunga mos ravishda o'yin kechadi. Demoqchimanki natija birinchi o'ringa chiqmaydi. SHu bois hotirjam tarzda do'stona uchrashuv bo'ladi. 

- Raqib jamoa haqida nima deysiz?

- “Dinamo” yaxshi jamoa ekan. Tarkibidagi o'yinchilarning ko'pi nisbatan yosh. Bizdagi o'yinchilar esa kattaroq. SHuning uchun tbilisiliklar engilroq o'ynagandek tuyuldi. Asosiysi gruziyaliklar Toshkentdan xursandchilik bilan qaytib ketishdi. Qolaversa ular javob uchrashuviga taklif etdi. Bu qachon bo'lishi esa menga qorong'u. 

- Jamoadoshlaringizdan kimlar ajralib turdi?

- Himoyada Ashurmatov – Magometov juftligi yaxshi o'yin ko'rsatdi. Baxtiyor yosh bo'lgani uchun ko'p vaziyatlarda chaqqon harakat qila oldi. Qolaversa No'mon Hasanov, Murod Aliev, Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirinni ham alohida takidlab o'tgan bo'lardim. 

- Mehmonlardanchi?

- SHubhasiz Georgiy Demetradzeni aytaman. O'z vaqtida “Dinamo” (Kiev)da ham o'ynagan ekan. O'yin davomida jamoadoshlariga nisbatan faollik ko'rsatdi. 

- “Paxtakor” faxriylar jamoasi boshqa kunlari ham yig'ilib, mashg'ulot o'tkazib turadimi yoki...

- Tarkibimizdagi sobiq futbolchilarning ko'pchiligini mavsum davomida ishi ko'p bo'ladi. SHu bois asosan o'yin kunlari yig'ilamiz. Lekin har birimiz o'z sharoitimizdan kelib chiqib, faxriylar uchrashuvida qatnashib kelmoqdamiz. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика