

- O'yin juda qiziqarli o'tdi. Qo'qon jamoasi bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilindi. Ammo yakunda g'alaba biz tomonda bo'ldi. Muxlislar umidlarini oqlab, keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman.
Albatta o'z shahring jamoasida, o'z hamshaharlaring qo'llab-quvvatlashi ostida maydonga tushish zavqi boshqacha bo'larkan. Buni uzoq yillik tanaffusdan so'ng uyga qaytib yana bir bor his qildim. Meni lol qoldirgani esa “Buxoro” stadionida muxlislar soni, muxlislik madaniyati ancha oshibdi. Keyingi bahslarda nafaqat yaxshi o'yin, balki gollarim bilan ham ularni xursand etishga harakat qilaman, - deydi Rajabov.



