Anvar O'rinov: “Hokim kubogi” - futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish uchun qulay turnir"
21 jan 2014 14:49
Yangiliklar

Anvar O'rinov: “Hokim kubogi” - futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish uchun qulay turnir"
Qashqadaryo viloyatida har yili muntazam o'tkazilib kelinayotgan “Hokim kubogi” musobaqasi o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi. Ushbu musobaqani o'tkazishda Qashqadaryo futbol federaciyasining o'rni beqiyos.
“Hokim kubogi” musobaqasining ikkinchi tur o'yinlari yakunlangandan so'ng Qashqadaryo futbol federaciyasi Musobaqalarni o'tkazish bo'limi boshlig'i Anvar aka O'rinovni suhbatga tortdik.
- Qashqadaryo viloyatida o'tkaziladigan “Hokim kubogi” har yili o'tkazilishi ananaga aylangan. Asosan, Oliy liga jamoalari o'rinbosarlari hamda Birinchi liga jamoalari ishtirokida o'tadigan turnirda kelajakda o'z futbolchilarini yuqori ligalarga etkazib berishni istagan ikkinchi liga jamoalari ham qatnashmoqda.
- Ikkinchi liganing etakchi jamoalari nima sababdan ishtirok etishmayapti? Ular ushbu turnirga taklif qilinmaganmi?
- Aytib o'tganimdek, bu turnirga asosan Oliy liga o'rinbosarlari hamda Birinchi liga jamoalari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Lekin shunday bo'lsa-da, ikkinchi liga jamoalariga ham turnir haqida xabar berilgan. Qarshi Olimpiya zahiralari kollejining “Olimpiya” jamoasi har bir musobaqada munosib ishtiroki bilan ajralib turadi. SHuningdek, “Binokor” jamoasi ham ajoyib o'yinlari bilan muhlislarda iliq taassurot qoldirmoqda.
- Nega guruhlarga jamoalar teng taqsimlanmagan. Yana bitta jamoa qo'shib beshtadan ikki guruhga bo'lish yoki 9 ta jamoani uchta guruhga bo'lish mumkin edi-ku?
- Musobaqadan oldingi qura tashlash marosimigacha bizga “Surxon” jamoasi vakillari turnirga ishtirok etamiz, deb vada berishgandi. CHunki, “Surxon” “Hokim kubogi”ning doimiy ishtirokchisi hisoblanadi. Biz ularning iltimosiga ko'ra, xatto Surxondaryo viloyati vakilini quraga ham kiritdik. Dastlabki tur o'yinlari boshlanish arafasida esa ular qatnasha olishmasligini malum qilishdi. SHunday qilib “A” guruhida bitta jamoa kam bo'lib qoldi.
- Turnirni “har yili o'tkazilib kelinadigan ananaviy musobaqa”, deb atadingiz. Yillar davomida “Hokim kubogi” voha futboliga qanday ijobiy natijalar berib kelmoqda?
- Ushbu turnir Qashqadaryo futboliga ko'p tomonlama o'sish imkonini beradi. Birinchidan, Respublika doirasida Qashqadaryo viloyati sharafini himoya qiladigan Oliy liga o'rinbosarlari va Birinchi liga jamoalarida to'p surayotgan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini barqaror saqlab turishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, yuqori liga jamoalari murabbiylari o'zaro futbolchilarni ko'zdan kechirish, shuningdek ikkinchi liga jamoalari futbolchilarini sinab olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Uchinchidan, “Hokim kubogi” voha futbol jamoalari o'rtasidagi raqobatni shakllantiradi. To'rtinchidan, turnir viloyatimizda sog'lom turmush tarzini targ'ib etadi. Beshinchidan, ushbu musobaqa futbolchi va murabbiylarda tajriba almashish imkoniyatini yaratib beradi.
- G'olib jamoalarga moddiy rag'batlar ham joriy qilinganmi?
- Turnir yakunida musobaqaning eng yaxshilari hamda g'olib jamoalar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishadi.
Olim TOLIPOV suhbatlashdi

Fikrlar