So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  4 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Anvar G'ofurov: "Bir qator sabablar tufayli "Obod"ni tanladim" Yangiliklar

Anvar G'ofurov: "Bir qator sabablar tufayli "Obod"ni tanladim"

Teglar :  Anvar G'ofurovObod
Oliy ligada debyut mavsumini o'tkazgan "Obod" qisqa vaqt ichida o'z muxlislarini topib ulgurdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Garchi o'yinlari bilan ishqibozlar mehrini qozongan bo'lsa-da, natija borasida biroz oqsadi. Oqibatda so'nggi turlarga kelibgina oliy ligada qolish vazifasini uddalandi. Jamoaning elitada jon saqlab qolishida tarkibga ikkinchi davrada kelib qo'shilgan tajribali himoyachi Anvar G'ofurovning hissasi beqiyos. Biz jamoa etakchisi bilan suhbatda bo'ldik.

- Anvar aka, avvalo mavsum yakunlari haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.


- Fikrimcha, mavsumni yomon o'tkazganimiz yo'q. "Obod" maqsadiga etdi. Oliy ligada qolish vazifasini uddaladi. Qolaversa, o'z o'yini bilan oliy ligada qolishga haqli ekanligini ham isbotladi, deb o'ylayman. Asosiysi, shu.


- Jamoaga kelganingizda "Obod"ni oliy ligada qolishiga qanchalik ishongandingiz?

- "Obod"ni oliy ligada qolishiga 80-90 foizga ishongandim. Sababi, oliy ligada qolish uchun kurash olib borayotgan jamoalarni o'z uyida qabul qilardi. O'sha uchrashuvlarda maksimal ochkoni qo'lga kiritsak, safardagi bahslarda olinadigan 3-4 ochko ham oliy ligada qolishimizga etarli bo'lar edi. Xudoga shukr, vazifani uddaladik va oliy ligada qoldik.

- Aynan qaysi uchrashuvdan keyin oliy liga qolishlaringga ishondingiz?


- Har uchrashuvdan keyin ishonchim ortaverdi. Garchi ochko yo'qotgan o'yinlarimiz bo'lsa-da! Rasman esa, tabiiyki, "Paxtakor" bilan bo'lgan bellashuvdan so'ng oliy ligada qolishimiz aniq bo'ldi.

- Aslida "Obod"ga kelib qolishingiz qanday yuz berdi?


- "Obod"ga jamoaning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Aleksandr Vladimirovich Mochinov taklif qilgan edi. Bilasiz, sobiq klubim "Bunyodkor"da yoshlarga ko'proq etibor berilayotgani tufayli men kabi faxriylarga boshqa jamoalarga o'tishlari uchun ruxsat berildi.


- "Obod"dan bo'lgan taklifning qabul qilishingizga nima turtki bo'lgan edi?  

- Buning sabablari ko'p. Xususan, "Obod" Toshkent jamoasi. Agar bu klub sharafini himoya qiladigan bo'lsam, oilam bilan birga, doim ularning yonida bo'laman. Yana bir sabab, Aleksandr Mochinov bilan ishlashni xohlagandim va eng asosiysi, bu klubda to'p surish o'zim uchun imtihonga aylanardi. Yani, jamoaga yordam bera olamanmi-yo'qmi? Qisqasi, shu sabablar tufayli "Obod"ni tanladim, desam mubolag'a bo'lmaydi.

- Klubda sizga manzur bo'ldi?


- "Obod"ning ichki muhiti, futbolchilarning bir-biri bilan ahilligi kaminaga manzur bo'ldi. Qolaversa, maydondagi o'zaro do'stlik ham etiborimni tortdi. Aynan shu do'stlik sabab, biz oxirgi o'yinlarga qadar oliy ligadan umid uzmay, maydonda bir kuch bo'lib harakat qildik. Mashg'ulotlarda jiddiy tarzda ishladik. Natijasini ko'rib turibsiz.

- Doimo etakchi klublar safida o'ynagan tajribali Anvar G'ofurovni oliy liga debyutanti bo'lgan "Obod"ga moslashishi qiyinchilik tug'dirmadimi? So'ramoqchi bo'lganim, siz doim tajribali futbolchilar bilan birga o'ynagansiz, hozirgi jamoangizda asosan yoshlar to'p suradi. Ular bilan maydonda til topishish mushkul bo'lmadimi?


- Albatta o'ziga yarasha qiyinchiliklar bo'ldi. Buni inkor qila olmayman. CHunki har qanday klubda muammo bo'ladi. Qachonki jamoa o'z oldiga qo'ygan vazifani bajarsa, har qanday muammo unutiladi. Bunisi ham ayni haqiqat. Oldimizga oliy ligada qolish vazifasi qo'yilgandi, bunni uddaladik va tabiiyki hamma qiyinchiliklar ham unutildi.

Gapingiz to'g'ri, tarkibimiz juda yosh edi. Ayrim futbolchilar ilk bor oliy ligada to'p surdi. Ularga qo'ldan kelgancha yordam berishga harakat qildim. Garchi maydonda ularga tanbeh bergan bo'lsamda, uchrashuv yakunlaganidan keyin aka-uka bo'lib ketdik.


- "Obod" ikkinchi davrada safarda etakchi klublar - "Lokomotiv", "Paxtakor"dan ochko oldi. O'sha uchrashuvlarda hatto g'alaba qozonishga ham yaqin edi. Ammo nisbatan o'rtahol klublarga hatto o'z uyida ham yutqazdi. Bu nima bilan bog'liq?

- Raqibimiz qaysi jamoa bo'lishidan qatiy nazar,biz barcha uchrashuvlarda raqib darvozasi oldida etarlicha xavfli vaziyatlarni yarata oldik. SHunchaki ulardan foydalana olmadik. Imkoniyatlarni golga aylantirgan bellashuvlarimizda esa, natijalarimiz ijobiy ko'rinish oldi. Jamoadoshlarimning aksari bu yil birinchi marta oliy ligada o'ynayotgani bois ularga tajriba etishmadi. Agar yigitlarda nisbatan tajriba katta bo'lganida natijalarimiz yanada yaxshi bo'larmidi? (kulib) Aytgancha, "Lokomotiv" va "Paxtakor"ga qarshi o'yinlarimiz poytaxt derbisi maqomida o'tdi. Tabiiyki, derbilar har doim murosasiz o'tadi.

- "Obod" o'zbek futboliga nima berdi, deb hisoblaysiz?


- Nazarimda bu savolni ekspertlarga berganingiz maqul.

- Keyingi taqdiringizni ham "Obod" bilan bog'laysizmi yoki kelasi mavsumni nisbatan kuchliroq klublar safida o'tkazishni rejalashtirganmisiz?


- Hozircha bir narsa, deya olmayman. Anig'i shuki, yangi mavsumga tayyorgarlikni "Obod" safida boshlayman.

- So'nggi savolim: oliy liganing bu yilgi mavsumi sizda qanday taassurot qoldirdi?


- Yaxshi desam bo'laveradi. Fikrimcha, muxlislarga ham yoqdi. CHunki medallar uchun kurash qanchalik qizg'in kechgan bo'lsa, turnir jadvalining pastki qismidagi kurash ham undan kam bo'lgani yo'q. Tabiiyki, bu chempionatning saviyasiga ijobiy tasir qildi.

Furqatbek Nishonov suhbatlashdi. 

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика