So’nggi yangiliklar

19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  0 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  1 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  4 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  5 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  15 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  18 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5

Anvar Berdiev yirik g'alabadan keyin: "Bu hali "SHo'rtan"ning eng zo'r o'yini emas" Yangiliklar

Anvar Berdiev yirik g'alabadan keyin: "Bu hali "SHo'rtan"ning eng zo'r o'yini emas"

Pro-liganing 16-turi doirasida "Yunired" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "SHo'rtan" bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Og'ir o'yin bo'ldi. Bilamiz, "Yunired" jamoasi ikkinchi davrani yaxshi boshladi va derbida "Dinamo" bilan durang o'ynadi. O'tgan turda "G'ijduvon" yirik hisobda mag'lub qilinganidan keyin yaxshi kayfiyatda biz bilan o'yinga tashrif buyurishdi. Futbolchilarimga rahmat deyman, ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi. Fursatdan foydalanib, xalqimizni Mustaqilliy bayrami bilan tabriklayman. Jamoamizga homiylik qilayotgan insonlarga futbolchilarimiz nomidan tabriklab qolaman. 

- Dastlabki gol 9-daqiqada kiritildi. Yirik g'alabaning omili tezkor gol bo'ldi desak bo'ladimi?

- Futbol 90 daqiqa o'ynaladi, gollar soniyalarda uriladi. Golning qaysi daqiqada urilishining farqi yo'q. Tezkor gol ishni engillashtirgan bo'lishi mumkin. Yigitlarimdan doimo hakamning ilk xushtagidan va yakuniy xushtagiga qadar harakat qilishlarini talab qilaman. 

- "SHo'rtan" bugungi kunga kelib 20ta gol urdi va 18ta gol o'tkazib yubordi. Bu normal holatmi?

- Yo'q, normal holat emas. Biz himoyachilar bilan ham alohida ishlayapmiz. Lekin bu bahona bo'lmasligi kerak. Jamoadagi hamma birga. Hujum himoyadan boshlanadi. Ularni doimo tanqid qilish ham bo'lmaydi. Biroq bular ustida ishlayapmiz. O'zim ham jamoaning oxirgi marta qachon quruq o'yin o'tkazganini eslay olmayman. Bugun shunday bo'ldi va meni xursand qilishdi.

- Zaxiradan tushganlarning o'yinlaridan qoniqdingizmi?

- Hech qachon zaxiradan tushayotgan futbolchidan hisobni ushlab qolish uchun o'ynashini so'ramayman. Qancha ko'p gol ursak, shuncha yaxshi.

- "SHo'rtan"ning bugungi o'yinini mavsumdagi eng yaxshisi desa bo'ladimi?

- Har bir o'yin qiyin o'tyapti. Bugungi o'yinda jamoaning gol o'tkazib yubormagani meni ko'proq xursand qildi. O'z navbatida hujumchilarimiz ham oldilariga qo'yilgan vazifani bajarishni uddalashdi. Biroq bir o'yin bilan qoniqib qolmaslik kerak. Hali oldinda o'yinlar bor. Ularga ham tayyorgarlik ko'ramiz. Bu hali "SHo'rtan"ning eng yaxshisi emas, undan zo'rlari oldinda bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика