So’nggi yangiliklar

13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  1 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  25 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  27 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0

Anvar Berdiev: "O'yinni hakam hushtagi boshlaydi va tugatadi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "O'yinni hakam hushtagi boshlaydi va tugatadi"

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Andijon SGS" (5:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin boshida jamoamiz g'alaba osonlik bilan qo'lga kiritishga ishonib qolgandek taasurot uyg'otdi. SHu boisdan birinchi bo'limning o'zidayoq ikkita o'zgarishni amalga oshirdik. Men har doim aytaman, o'yinni hakam hushtagi boshlaydi va tugatadi. Raqibni hurmat qilish kerak. Qiyin g'alabani qo'lga kiritdik. Barchani g'alaba bilan tabriklayman.

- SHokir Yo'ldoshevning avtogoliga munosabatingiz?

- Bu xolat faqat Yo'ldoshevning xatosi emas, butun jamoaniki. Xatolar ustida ishlashimiz zarur.

- Birinchi bo'limning 19-daqiqasidayoq o'zgarish nima bilan bog'liq?

- Aytib o'tdim, o'yin boshida futbolchilar menda ijobiy taasurot qoldirmadi. O'zgarishlardan keyin jamoamiz o'yini ijobiy tomonga o'zgardi.

- 5:0 hisobidan so'ng 2 ta gol o'tkazib yuborish jismoniy xolat bilan bog'liqmi yoki ruhiy xolatgami?

- Albatta ruhiyat bilan bog'liq. 5:0dan keyin yigitlar o'yin tugadi deb hisoblashdimi, ishtiyoq yo'qolib qoldi. SHuning natijasida 2 ta gol o'tkazib yubordik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика