So’nggi yangiliklar

01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  22 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Anvar Berdiev: "Maydon borasida muammolar bor, jamoamiz rahbarlari jon kuydirishmoqda" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Maydon borasida muammolar bor, jamoamiz rahbarlari jon kuydirishmoqda"

Pro liga 6-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Istiqlol"(0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Va nihoyat g'alaba qozondik. Bu mavsumda Pro ligada o'tkinchi o'yinlarni o'zi yo'q. Har bir ochko oltinga teng bo'lmoqda. Bilamiz, joriy mavsumda Pro ligada format o'zgargan. Kuchli to'rtlikka kirish uchun kurash oxirgi turga qadar davom etsa kerak. Hali hech narsa yo'qotmaganmiz, kuchli to'rtlikka kirish uchun harakat qilamiz. "Xorazm"ni bugungi o'yinini olib qaraydigan bo'lsak hali ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'ladi.

Televizorda tomosha qilgan bo'lsangiz "Turon", "Neftchi" bilan o'yinlarda juda ko'p vaziyatlar yaratmoqdamiz. Lekin, gol urishga kelganda omad yuz o'girmoqda. Omadni ham ro'kach qilmagan bo'lardim. Mana bugun penaltidan ham gol ura olmadik. O'yinni tahlil qilamiz. Mashg'ulotlarda ishlaymiz. Etiborni vaziyatlarni golni aylantirishga qaratdik.

"Dinamo", "Turon", "Oq-tepa" "Neftchi" jiddiy kurash olib boradi. Hammada imkoniyat bor. "Xorazm"ni ham safdan chiqarmaslikni so'rardim. Kim o'yinga tayyor bo'lsa o'sha jamoa g'alaba qozonmoqda. O'yinchini tajribasi yoki nomlar hech narsani hal qilmayapti.

Maydon borasida muammolar bor. Jamoamiz rahbarlari jon kuydirishmoqda. Bu muammo tez orada hal bo'ladi degan umiddamiz. Viloyat hokimi ham bizning jamoaga befarq emas. Vaziyat ijobiy tomonga hal bo'ladi degan umiddamiz",- deydi Anvar Berdiev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика