Anvar Berdiev: "Har ikki jamoa bir xil sharoitda o'ynadi"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2023
Pro-liga 15-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Sho'rtan" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- "Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoada ham vaziyatlar bo'ldi. Hisobni tenglashtirish uchun bizda ham vaziyatlar bo'ldi, foydalana olmadik.

- Ob-havo o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatdi deb hisoblaysizmi? 

- Yo'q, bu bahona bo'lmasligi kerak. Har ikki jamoa bir xil sharoitda o'ynadi.

- "Sho'rtan" futbolchilariga tajriba yoki omad yetishmadimi?

- Omad yetishmadi. Shunisi to'g'riroq bo'ladi. Ko'rdingiz, Bekzod Suvonovda gol kiritish uchun ajoyib vaziyat bo'lgandi, foydalana olmadi. Bugun bizga ko'plab vaziyatlarda omad yetishmadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia