So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  0 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  3 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  8 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  8 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

Anvar Berdiev: "Derbi maqomiga mos o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Derbi maqomiga mos o'yin bo'ldi"

Pro-liga qoldirilgan 4-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Derbi maqomiga mos o'yin bo'ldi. "Mashal"ning "Lokomotiv"ga qarshi o'yinini ko'rib tahlil qildik, astoydil tayyorlandik. Futbolchilar borini berib harakat qilishdi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat. Barchani, xususan klub rahbariyatini g'alaba bilan tabriklayman.

- Bugun "SHo'rtan" jadvalda 4-o'rindagi jamoani mag'lub etdi. O'tgan turda "Aral" bilan durang o'ynagandi. Bu nima bilan bog'liq?

- "Aral" bilan suniy maydonda o'ynadik, bu juda qiyin. Futbolchilarimga rahmim keldi to'g'risi. Men bunga qarshiman. Maydon egalariga bu narsa qo'l kelishi mumkin. Masalan, o'tgan mavsumda "Xorazm" ham suniy maydonda o'ynagandi. Bunda mehmon jamoalarga qiyin bo'ladi. Bugun yigitlar maydonda men talab qilgandek o'yin namoyish etib berishdi.

- Ulug'bek Xudoyberdievning jarohati haqida...

- Xudoyberdiev mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi. Bizda himoyachilar muammosi bor. Masalan, Mirzohid Mirzamahmudov, SHahboz Jo'raevlar jarohatda. Azamat Abdullaev klub bilan o'zaro kelishuvga ko'ra xayrlashdi. SHu sababdan Xudoyberdiev burnidagi jarohatni avaylash uchun maxsus niqob bilan maydonga chiqdi.

- "SHo'rtan" o'yingacha 9 kun dam oldi. "Mashal" esa 3 kun. Mutaxassis sifatida mazkur taqvimga munosabatingiz qanday?

- Futbolchi 2 kundan tiklanishi mumkin. Musobaqa tashkilotchisi tuzgan taqvim, biz ularning ishiga aralasha olmaymiz. Vaqti kelsa zich taqvim bizga ham duch kelib qolishi mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика