Anvar Berdiev butsalarini mixga ildi
09 avg 2019 09:25
Yangiliklar
Anvar Berdiev butsalarini mixga ildi
41 yoshli Berdiev joriy mavsum ham yashil maydonda ko'rinish berayotgandi. U PRO-Liga vakili “Istiqlol” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi. Mavsumning birinchi qismi yakuniga etgach, Anvar Berdiev butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Sababi unga “Istiqlol” rahbariyati tomonidan murabbiylar shtabiga o'tish taklifi bo'lgandi. Sobiq hujumchi hech ikkilanib o'tirmasdan, millionlar o'yinidagi yangi sahifasini ochishni maqul topdi.
CHunki “Istiqlol”ni Berdievga yaxshi tanish bo'lgan Sergey Lebedev boshqarib kelayotganidan xabaringiz bor. Ushbu sobiq futbolchilar o'z vaqtida “Neftchi” jamoasining oltin davrlarida yashil maydonda birga xarakat qilishgandi. SHu bois bo'lsa kerak, Lebedev ham murabbiy sifatida yonida Berdievdek sobiq futbolchining borligi zarar qilmasligini tushunib etgan. Bungacha Sergey Elferatovichga murabbiylar shtabida darvozabonlar ustozi Bahodir SHamshiddinovning bir o'zi yordam berib kelayotgandi. Endilikda ularning qatoriga Berdiev ham qo'shildi. Aytish lozimki, Anvar Berdiev “S” murabbiylik licenziyasiga ega.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar