So’nggi yangiliklar

17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  0 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  4 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2

Anvar Berdiev: “6 ochkolik o'yin bo'ldi” Yangiliklar

Anvar Berdiev: “6 ochkolik o'yin bo'ldi”

Pro liganing 21-turidan o'rin olgan “SHo'rtan” - “Qo'qon-1912” (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak edi. 6 ochkolik o'yin bo'ldi. Unutmaslik kerak, “Qo'qon-1912” ham yaxshi shakllangan jamoa. Superliga vazifasi qo'yilgan klub.

O'yin borasida aytsam, ko'proq hujum qildik, omad etishmagan vaziyat bo'ldi. Guvohi bo'ldinglar, to'p 2 marta to'singa tegdi. Futbolchilar borlarini berib harakat qilishdi.

- Muhriddin Zoirov zaxiradan tushdi va ko'proq ortga qaytib o'ynagandek ko'rindi. Buning sababi nimada? 

- Muhriddin Zoirovdan ko'proq ikkinchi hujumchi o'rnida foydalanayapmiz. Zoirov bugun maydonga chiqib, jamoa o'yinini kuchaytirdi. O'zlaring ko'rdinglar, ko'plab vaziyatlarda to'p darvozaga kirmadi.

- Asadbek Saitxonov yaxshi o'ynayotgandek edi. Uning almashtirilishiga sabab nimada?

- Saitxonov yaxshi futbolchi. Unutmaslik kerak, u har doim asosiy tarkibda o'ynab kelayapti. Unda ham charchoq alomatlari ko'rindi. 

- “SHo'rtan” o'yinning 12-daqiqasida tezkor gol o'tkazib yubordi. Bu vaziyatda himoyachi xatoga yo'l qo'ydimi?

- Bunda faqat himoyachini ayblash noto'g'ri. Gol o'tkazish butun jamoaning aybi hisoblanadi. Biroq, o'sha vaziyatda himoyachida vaziyatni qutqarish imkoni bor edi. Futbolda o'z kuchiga ishongan futbolchi raqibning ham kuchini hisobga olishi kerak. Raqib hujumchisi bu vaziyatda yaxshi harakat qildi. 

- Bugun VAR bilan bog'liq vaziyatlar bo'ldimi sizningcha? Umuman, hakamlik haqida fikringiz qanday?

- Hakamlarga etirozim yo'q, ularning ishini baholaydigan qo'mita bor. Hozir biron fikr aytish qiyin, o'yin videosini ko'rib chiqib, keyin xulosa qilsak bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика