So’nggi yangiliklar

22:55"Ал Насср" супер трансфер амалга оширмоқчи  1 22:40Карвахаль: "Реал"га қарши ўйнашни истамайман"  0 22:16Рио Фердинанд: "Месси ҳам Ямалнинг ёшида ўйинга бунчалик таъсир ўтказа олмасди"  3 21:52Капелло Мбаппенинг тарафини олди  0 21:30"Анри майдон четида ғазабдан эс-ҳушини йўқотиб қўяй деди". Таниқли франциялик мутахассиснинг Ильгиз Танташев ҳакамлик қилган ўйинда ҳакамлардан қандай жаҳли чиққани ҳақида  1 21:12А Серия. "Кальяри" - "Интер" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:47"Милан" ПСЖга таклиф билан чиқди  0 20:16Россия термаси учун яна бир рақиб топилди  7 19:54Пеп Гвардиола: "Таслим бўлмайман"  3 19:36Флик ва Деку Леау трансферига ишонишмаяпти, аммо Лапорта уни сотиб олмоқчи  1 19:06Суперлигага қайтган "Бухоро" Қулматовни ўз сафига қўшиб олди  5 18:55"Барселона" Ольмо ишини ҳал қилиш учун ЛаЛигага VIP жойлар ҳужжатини юборди  3 18:36Шуҳрат Муҳаммадиев "Насаф" билан янги битим имзолади  0 18:02Катта эҳтимол билан АПЛни "Ливерпуль" ютади  8 17:15"Барселона" яна Ольмога ваъда беришни бошлади  0

Antonio Konte: Murabbiylikka yoshlikdan havas qilganman Yangiliklar

Antonio Konte: Murabbiylikka yoshlikdan havas qilganman

Teglar :  Antonio KonteCHelsi
CHelsining yangi bosh murabbiyi Antonio Konte Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida yoshligi, murabbiylikka qanday qilib mehr qo'ygani, hayotidagi ilk skudetto va boshqa ko'plab mavzulardagi fikrlarini bayon qildi.

Quyida etiboringizga mazkur intervyuning birinchi qismini havola qilamiz.

Bolaligim turfa voqealarga boy tarzda o'tgan, - deya so'z boshladi Konte. - Tengqurlarim bilan doim ko'chada futbol yoki tennis o'ynardik. U vaqtlari mashinalar kam bo'lgani uchun tosh yotqizilgan har bir hudud bizga maydon vazifasini o'tab beraverardi. Ota-onalarimiz hamma vaqt ish bilan band bo'lishgani sababli, hayot uchun mustaqil kurashishni o'rganishimizga to'g'ri kelardi.

Bilasizmi, insonning hayotida qulaylik va sharoitlar qanchalik yaxshilanib borsa, mehnatkashlik va biror maqsad yo'lida o'zini qurbon qilish xislatlari shunchalik kamayib boradi, shekilli. Men hozir esga olgan paytlarda biz shoxlarga ilinib qolgan to'pni olib tushish uchun daraxt­larga qo'rqmay chiqib ketaverardik. Hozirgi vaqtda esa bunday holatlarga, deylik, to'p uchun daraxtga tirmashayotgan bolalarga, bunga yo'l qo'yadigan ota-onalarga umuman ko'zingiz tushmaydi.

Albatta, otam futbolchi bo'lib etishishimga etarlicha tasir ko'rsatgan. CHunki u Yuventino Lechche jamoasining murabbiyi va prezidenti hisoblanardi. Tabiiyki, men ham o'smirlik chog'larimda Lechche akademiyasida tahsil olganman va bo'sh vaqtlarimda o'zimcha ukamga futboldan saboq berardim. Xullas, o'sha vaqtlardanoq menda murabbiylikka, kimgadir nimanidir o'rgatishga havas paydo bo'lgan.

Nihoyat, Konte orziqib kutgan payt etib keldi - Lechche ustozi Evgenio Faketti 1986 yilning aprelida A seriya doirasidagi Pizaga qarshi o'tgan uchrashuvda 16 yoshu 8 oylik Antonioni maydonga tushirdi.

Bu inson tashkillashtirilgan xaos laqabi bilan tanilgan. U o'sha vaqtlari yangiliklarga ortiqcha ikkilanishlarsiz, cho'chimay qo'l uradigan mutaxassis edi. Haligacha deyarli barcha ishlarimni avval Evgenio bilan maslahatlashib, keyin amalga oshiraman. Umuman, Faketti - kaminaga chindan ham juda ko'p narsalarni bera olgan inson. Kimdir 16 yoshli bolakayga debyut uchun imkon berdimi, demak u sizga juda ishonadi.

Faketti, shuningdek, Antonio Kassanoni ham ilk bor rasmiy o'yinda qo'rqmay maydonga tushirgan.

Oddiy ko'cha futbolidan chinakam professional faoliyat cho'qqisiga chiqqan insonni ko'z oldingizga keltirmoqchi bo'lsangiz, bilingki, siz Kassano haqida o'ylayapsiz. U to'p bilan aqlga sig'maydigan shunday sehrgarliklar qilardiki, hayratdan yoqa ushlardim!

Konte o'zining bo'lajak rafiqasi - Elizabetni tushlikka taklif qilganida, bechora qiz yosh futbolchining avtomobilini unchalik xushlamagandi.

O'sha Porshe - futbolchilik davrimdagi kamsonli qimmatbaho xaridlarimdan biri edi. Xullas, Lizani restoranga olib ketish uchun borganimda, mashina unga o'ta noqulay tuyuldi. Ustiga-ustak, ertasiga Porshe buzilib qoldi. SHuning uchun, Lizani olishga FIAT rusumli mashinada bordim. Eh, bu FIAT mendan ham yoshi kattaroq, ammo shu bilan birga, keng va qulay edi!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика