Antonio Konte: "Mavsumdagi natija uchun men javob beraman"
13 may 2018 23:31
Yangiliklar
Antonio Konte: "Mavsumdagi natija uchun men javob beraman"
Londonning "CHelsi" jamoasi APL so'ngi turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvda yirik 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Ushbu bahsdan so'ng, "CHelsi" jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz mag'lub bo'lishga loyiq edik, chunki biz omadsiz boshlagandik. To'p uchun kurashlarning barchasida mag'lub bo'ldik. "Nyukasl" har jabhadi yaxshi o'yin ko'rsatdi. Bugun ECHL yo'llanmasini qo'ldan chiqardik. So'ngi ikkita uchrashuvda bizda imkoniyat bor edi.
Mavsumni shu tarzda yakunlash, klubdagi har bir kishi uchun mos emas. Natija uchun men javob beraman. Faqat o'zim futbolchilarga kayfiyat bera olaman. Angliya kubogi finaliga tayyorlanishimiz uchun bizda 6 kun bor. Biz o'zgarishimiz kerak", - deydi Konte

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar