Antonio Konte: “Inter Evropa Ligasida g'olib chiqishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman”
09 avg 2020 07:35
Yangiliklar
Antonio Konte: “Inter Evropa Ligasida g'olib chiqishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman”
“Inter” ustozi Antonio Konte Evropa ligasi 1/8 finalida “Xetafe”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Evropa Ligasida g'olib chiqish uchun bor imkoniyatlarimni ishga solaman. Albatta, bu sovringa egalik qilishni istaydigan boshqa jamoalar ham bor. “Xetafe”ga qarshi bahs oson kechmaydi, ammo biz keyingi bosqichga chiqish uchun bor imkoniyatlarimizdan foydalanamiz. Biz barchasiga ulgurishimiz kerak. Maqsadimiz faqat va faqat oldingi intilish”, dedi Antonio Konte.
Fikrlar