Antonio Di Natale: Spalletti Totti ikkalamizni bir vaqtda maydonga tushirish yo'lini topardi
17 may 2015 06:00
Yangiliklar


Antonio Di Natale: Spalletti Totti ikkalamizni bir vaqtda maydonga tushirish yo'lini topardi
Udineze jamoasi hujumchisi Antonio Di Natale "Roma" etakchisi Franchesko Totti hamda Luchani Spaletti bilan iliq munosabatda ekanligini bildirdi.
To'g'risini aytsam, keyinchalik nima qilish haqida aniq bir qarorga kelganim yo'q. Avvalo mavsumni yaxshiroq kayfiyatda tugatishni o'ylamoqdaman. Keyinchalik nima qilishni o'ylab ko'raman. Meni Luchano Spaletti o'z vaqtida "Roma"ga taklif etgandi. Totti va Luchano Spaletti bilan haligacha iliq munosabatlarimiz saqlanib qolgan. Luchano Spaletti meni va Tottini bir vaqtning o'zida maydonga tushirish yo'llarini o'ylab topgan bo'lardi deb hisoblayman.

Fikrlar