Antoni shamollab qolgani haqida: "Hammasi kondicionerlar tufayli"
30 noy 2022 17:46
Yangiliklar
Antoni shamollab qolgani haqida: "Hammasi kondicionerlar tufayli"
Antoni Qatarda o'tayotgan JCH vaqtida shamollab qolishiga kondicionerlar sababligini aytmoqda.
Avvalroq Braziliya va "Manchester Yunayted" vingeri gripp alomatlari kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Biroz qiynaldik. Bir necha kun o'zimni yomon his qildim va bu vaziyatni qiyinlashtirdi. Tomog'im ayniqsa qattiq og'ridi. Bularning barchasi kondicionerlar tufayli", – dedi Antoni.
22 yoshli futbolchi Braziliyaning ikki o'yinida umumiy 27 daqiqa maydonda harakat qildi. Keyingi ucharshuv 2 dekabr kuni Kamerunga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikrlar