Ansu Fatining otasi: "Real" juda katta pul taklif qilgandi, ammo biz "Barselona"ni tanladik"
26 avg 2019 21:10
Yangiliklar


Ansu Fatining otasi: "Real" juda katta pul taklif qilgandi, ammo biz "Barselona"ni tanladik"
Kecha tunda o'tkazilgan "Barselona" - "Betis" o'yinida 16 yoshli Ansu Fati qatnashdi.
Uning otasi Bori Fati o'g'lining kataloniyaliklar safidagi debyutidan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
"Bu hayotimdagi eng quvonchli kun. Ansu Valverde uni chaqirganini aytganida, xotinim bilan yig'lab yubordik. U maydonga tushganida esa, bu bo'lishi mumkin emas, deya quvonchdan ettinchi osmonga chiqib ketdik.
"Sevilya"da bo'ldik va "Real" "Barsa"ga nisbatan yaxshi sharoitlarni taklif qildi. Lekin, biz "Barselona"ni tanladik. CHunki, ular yonimga shartnoma bilan kelib, meni ko'ndira olishdi.
"Real" juda katta pul taklif qildi, ammo keyin Albert Puch keldi va "Barselona"da aniq loyiha borligini aytdi", - deydi katta Fati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar