Anri: "Bunday do'stlar bo'lsa, dushmanlarning keragi yo'q"
20 fev 2023 19:48
Yangiliklar
Anri: "Bunday do'stlar bo'lsa, dushmanlarning keragi yo'q"
PSJ hujumchisi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda "Makdonalds"dagi surati paydo bo'lgach, tanqidlarga uchradi.
Surat braziliyalik futbolchining do'stlaridan biri tomonidan CHempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o'yinida PSJning “Bavariya”ga mag'lub bo'lganidan (0:1) taxminan bir kun o'tib ijtimoiy tarmoqqa joylangan.
Franciyalik sobiq futbolchi Terri Anri vaziyatga izoh berdi.
“Suratni uning do'stlari joylashtirganmidi? Bunaqa do'stlar bor bo'lsa, dushmanlarning keragi yo'q”, dedi Anri.
Eslatib o'tamiz, Liga 1 doirasida yakshanba kuni "Lill"ga qarshi o'yinda (PSJ 4:3 hisobida g'alaba qozondi) Neymar to'pig'idan jiddiy jarohat oldi.
Fikrlar