So’nggi yangiliklar

17:27Роналду Европага қайтиши мумкин  7 16:58Финалиссима "Сантьяго Бернабеу"га йўл олмоқда  7 16:36Почеттино "Реал"да? АҚШ терма жамоаси мураббийи миш-мишларга жавоб берди  2 16:08ОКМК – "Сўғдиёна" учрашувини томоша қилиш учун 5 та сабаб  1 15:46"Барселона" Лига 1'даги иқтидорга кўз тикди  0 15:19Моуринью Винисиус билан либос алмашган "Бенфика" ҳимоячисини таркибдан четлатди  2 14:50"Локомотив" "Қўқон-1912" билан муроса кўчасини танлаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:33"Сўғдиёна" либослар бўйича талабни бузгани учун жаримага тортилади  4 14:18"Янги Родриго туғилди". "Реал" ҳужумчиси операциядан кейин мухлисларга мурожаат қилди  0 13:50"Барселона" собиқ футболчиси "Реал"ни бошқариши мумкин  6 13:23ФИФА президенти ЖЧ-2026 фаворитини айтди  6 12:56Бундестимда Клопп даври бошланадими?  1 12:28"Бунёдкор" қишда рўйхатдан ўтказган легионер Европа клуби билан шартнома имзолади  2 12:05Жасур Яхшибоев нима учун "Локомотив"га келган жойида йўқ бўлиб қолди?!  22 11:42Италиялик мураббий "Тоттенхэм" таклифини рад этиб, МЮни танлади  5

Anons: Abror Imomxo'jaev bilan suhbatni o'tkazib yubormang! Yangiliklar

Anons: Abror Imomxo'jaev bilan suhbatni o'tkazib yubormang!

Teglar :  Abror Imomxo'jaev
Bir necha kun oldin xalqaro sport jurnalistlari kuni nishonlandi.

Mana, 2-yil shu sohada baholiqudrat qalam tebratyapman. Lekin, hali biror marta sport jurnalistikasiga mo'may daromad ilinjida, boyib ketish maqsadida kirgan, yurgan kishini ko'rmadim. Men bevosita muloqotda bo'lgan hamkasb (ustoz)larning barchasi boshqa ish bilan shug'ullansa, ko'proq daromad qilishi, yaxshiroq yashashi mumkin. Lekin, ketish haqida o'ylamaydi ham — ishini sevganidan. Balki, shuning uchun bo'lsa kerak, har doim mazkur soha vakillari muxlislar qalbidan chuqurroq joy egallagan.

Masalan, yaqinda saytimizda "Afsonaviy sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev hozir qaerda?" sarlavhasi bilan xabar elon qilindi. Ustozimizning bugungi  mashg'uloti bilan 30 mingdan ortiq kishi qiziqqan va ulardan malum qismi material ostiga o'z sharhini qoldirgan. Etiborli jihati, oradan o'n yillar o'tsa-da, Mirzahakim aka tomonidan efirlarda aytilgan fikrlar, ibora-yu qochirimlarni hamon eslanmoqda.

Yuqorida sport jurnalistlarining sportni sevishi haqida gapirdik. Ular orasida o'z ustida ishlab, mutaxassis darajasiga erishganlari talaygina: Baxtiyor SHirinov, Oybek Yunusov, Alisher Nikimbaev, Nodirxo'ja Yuldashev, Mirzaevlar, Imomxo'jaevlar, Avaz Berdiqulov, Sanjar Rizaev... Yuqoridagilar orasidan bazilari o'z shaxsiy blogini yuritib, muxlislar bilan aloqani saqlab qolgan bo'lsa, bazilari matbuotda deyarli ko'rinish bermay qo'ydi. 

SHu tufayli ular bilan uyushtiriladigan suhbatlar futbol ishqibozlari uchun qiziq bo'lishini taxmin qildik va yangi — "Jurnalist minbari" ruknini boshladik. Loyihamizning birinchi soni ertaga (Toshkent vaqti bilan 16:00) youtube'dagi sahifamizda efirga uzatiladi. Dastlabki mehmon — Abror aka Imomxo'jaev. Biz u kishi bilan jurnalistika, "Bunyodkor"dagi 12 yil, o'zbek futbolidagi "o'yinlar" va hayot haqida suhbatlashamiz. O'tkazib yubormang!

Championat.asia'ning Youtube'dagi sahifasiga azo bo'ling

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика