Angliyalik futbolchi jarohatini go'sht bilan davolamoqchi bo'ldi (+FOTO)
06 noy 2018 13:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/461394_original.jpg)
![](/upload/storage/461394_220.jpg)
Angliyalik futbolchi jarohatini go'sht bilan davolamoqchi bo'ldi (+FOTO)
"Lankaster Siti" futbolchisi Tom Preston jamoadoshi Rob Uilson hazili qurboniga aylandi.
Preston klub fizioterapevtiga yozayapman deb, Uilsonga messenjer orqali murojaat qildi va oyog'ida og'riq borligini aytdi. Futbolchining jamoadoshi do'sti bilan hazillashishga qaror qildi va og'riq bor joyga go'sht bo'lagini qo'yish kerakligini aytdi.
Avvaliga Preston oddiyroq yo'l bilan davolanmoqchi edi, ammo "fizioterapevt" o'z uslubiga uni ishontirdi hamda qo'yilgan go'shtni ko'rsatish uchun surat yuborishni so'radi. Prestonning otasi do'kondan "dori"ni olib kelganidan so'ng, u jamoadoshi iltimosini bajardi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar