Angliyaga qarshi o'yindan oldin Andorra maydonida yong'in sodir bo'ldi
08 okt 2021 21:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/662492_original.jpg)
![](/upload/storage/662492_220.jpg)
Angliyaga qarshi o'yindan oldin Andorra maydonida yong'in sodir bo'ldi
Andorra va Angliya o'rtasidagi JCH-2022 saralash uchrashuvi belgilangan vaqtda o'tkazilmasligi mumkin.
Gap shundaki, "Nasonal" stadionida yong'in sodir bo'lgan. Yong'in televizor uskunasiga zarar etkazdi, ammo o't o'chiruvchilarning harakati tufayli maydon bo'ylab tarqalmagan.
Yaxshiyamki, 3000 o'rinli tribuna zarar ko'rmagan. SHuningdek, yong'in stadionning suniy maysazoriga ham zarar etkazmagan. SHu tariqa dastlabki malumotlarga ko'ra, uchrashuvni bekor qilish xavfi mavjud emas.
Etiborlisi, yong'in oldidan Angliya terma jamoasi stadionda mashg'ulot o'tkazgan va bosh murabbiy Garet Sautgeyt va futbolchi Kiran Tripper matbuot anjumanida ishtirok etgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar