Angliya termasining “quruq seriya”si o'z nihoyasiga etdi
11 okt 2020 22:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/597190_original.jpg)
![](/upload/storage/597190_220.jpg)
Angliya termasining “quruq seriya”si o'z nihoyasiga etdi
Ayni daqiqalarda Millatlar Ligasi 3-turidan o'rin olgan Angliya – Belgiya uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Bahs 16-daqiqasida mehmonlar forvardi Romelu Lukaku raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi va inglizlarning bir yil davom etgan “quruq seriya”siga yakun yasadi. Angliya darvozasini so'nggi bor 2019 yil 11 oktyabr kuni CHexiya termasi futbolchisi Zdenek Ondrashek ishg'ol etgan edi.
SHundan so'ng esa Garet Sautgeyt shogirdlari 6 uchrashuvdan beri darvoza dahlsizligini saqlab kelishayotgandi: Bolgariya – 6:0, CHernogoriya – 7:0, Kosovo – 4:0 (barchasi Evro-2020 saralashi), Islandiya – 1:0, Daniya – 0:0 (Millatlar Ligasi), Uels – 3:0 (o'rtoqlik o'yini).
O’xshash yangiliklar
15:18
O'zbekiston olimpiya terma jamoasida Yo'ldoshev o'rniga boshqa futbolchi qaydnomaga kiritildi 14
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar