Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga 3 nafar nomzod elon qilindi
13 dek 2022 12:09
Yangiliklar
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga 3 nafar nomzod elon qilindi
Angliya futbol associaciyasi argentinalik Maurisio Pochettino, germaniyalik Tomas Tuxel va shimoliy irlandiyalik Brendan Rojers nomzodlarini ko'rib chiqishga tayyor, deb xabar bermoqda "The Guardian". Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimi esa hali bo'sh emas.
Biroq Garet Sautgeytning istefosi ehtimoli bor. JCH-2022 chorak finalida to'xtash Angliya uchun orqaga qadam sifatida baholanishi mumkin. Negaki, Sautgeyt bungacha "uch sherlar”ni Evro-2020 finali va JCH-2018 yarim finaliga olib chiqqandi. Bu yil esa angliyaliklar nafaqat katta turnirda kuchli to'rtlikka kira olishmadi, balki Millatlar Ligasida ikkinchi divizionga tushib ketishdi.
Eslatib o'tamiz, Angliya termasiga avvalroq ikki nafar xorijlik – shveciyalik Sven-Yoran Eriksson va italiyalik Fabio Kapello murabbiylik qilgan.
Fikrlar