So’nggi yangiliklar

14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   0 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  7 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  0 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  14 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  12 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  2 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  29 07:57“Милан“ “Ман Сити“ қизиқаётган ҳимоячини сотиб олмоқчи  0

Angliya. Quyi ligada nima gap? Yangiliklar

Angliya. Quyi ligada nima gap?

Teglar :  AngliyaCHempionship
Barcha Angliya premer-ligasida qaysi jamoalar qaysi o'rindaligi, qaysi futbolchilar to'purar ekanini juda yaxshi biladi.

Saytimiz ijodkorlari Evropa TOP-5 chempionatlarining quyi ligalari haqida malumot berib borishga qaror qilishdi.

Dastlab Angliya quyi ligasi hisoblangan CHempionship haqida malumot beramiz.

Ligada jami 24ta klub Angliya premer ligasiga beriladigan 3ta yo'llanma uchun kurash olib borishadi. CHempionat 46ta turdan iborat bo'ladi. Dastlabki ikki o'rinni olgan ikki klub to'g'ridan to'g'ri APLga yo'l oladi. 3-6-o'rinlarni band etgan 4ta klub o'zaro pley-off o'yinlari orqali bitta yo'llanma uchun kurashishadi.  

Ayni paytga kelib 13ta tur ortda qoldi. 96ta o'yinda jamoalar jami 239ta gol urishdi. O'rtacha har bir o'yinga 2,49tadan gol to'g'ri keladi.



Hozircha Kris Xyuton boshchilik qilayotgan "Brayton Xouv Albion" klubi 29 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. APLda ishlab ko'pchilikning nazariga tushgan Stiv Byurs boshqarayotgan "Xall Siti" 25 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Xuddi shuncha ochkoni "Byornli" ham to'plagan. "Xall" va "Byornli" o'tgan mavsum APLda ishtirok etib quyi ligaga tushib ketgandi.

Keyingi uchta o'rinni egallab turgan klublarning barida 24tadan ochko bor. Bular "Real"da Mourinoga yordamchilik qilgan Aytor Karanka murabbiylik qilayotgan "Middlsbro", bir necha yil oldin APL grandlariga haqiqiy bosh og'riq bo'lgan "Derbi Kaunti" va  2011 yildan buyon CHempionshipda ishtirok etayotgan "Birmingem" klublari.



Mavsum oxirida so'nggi uch o'rindagi jamoalar CHempionshipni tark etadi. Ayni paytda bu o'rinlarda "CHarlton Atletik", "Roterxem Yunayted" va "Bolton" kabi mashhur klublar bormoqda. 2012 yil Premer-ligada o'ynagan tark etgan "Bolton" agar shunday davom etsa ikkinchi ligaga tushib ketishi mumkin.




CHempionshipda 9ta gol urgan "Riding" klubi hujumchisi Nik Blekman to'purar bo'lib turibdi. 2012-2013 yilgi mavsumda "Riding" bilan APLda ishtirok etgan Blekman ayni paytda 25 yoshda.

Keyingi o'rinda 7tadan gol urgan uchta futbolchi joy olgan. KPR safida o'tgan mavsum APLda gollar urgan CHarli Ostinni hech kimga tanishtirishning hojati bo'lmasa kerak. "Derbi Kaunti" hujumchisi shotlandiyalik Kris Martin 2011-2013 yillarda "Norvich" safida Premer-ligada qatnashgan. Oxirgi to'rt mavsumni chempionshipda o'tkazayotgan 26 yoshli hujumchi o'tgan ikki mavsumda jami 38ta gol urgandi. Yana bir shotlandiyalik futbolchi Jordan Rodes "Blekbern"ning 12ta golidan 7tasini urishga erishdi. Faoliyati davomida umuman Premer-ligada o'ynamagan hujumchining oxirgi 3 mavsumdagi statistikasi ajoyib - 134ta o'yin, 73ta gol.



Avgust oyida eng yaxshi murabbiy deb "Brayton" ustozi Kris Xyuton tan olingan bo'lsa, sentyabr oyida "Middlsbro" bosh murabbiyi Aytor Karanka bu nomga sazovor bo'ldi. Avgustda "Brayton" klubi yarim himoyachisi Kazenga Lua-Lua, sentyabrda "Blekbern" hujumchisi Jordan Rodes eng yaxshi futbolchi deb tan olindi.







Hozirgacha eng ko'p tomoshabin "Derbi Kaunti" - "Middlsbro" o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurdi. 18 avgust kungi bahsni 30855 tomoshabin stadiondan kuzatib bordi. Malumot uchun, eng kam tomoshabin kelgan o'yin "Rotxerxam" - "Fulxem" uchrashuvi bo'ldi. Bu bahsga 8839 tomoshabin keldi. 


Saytimiz orqali Angliya chempionshipini kuzatib borish mumkin. Buning uchun quyidagi havolaga tashrif buyuring.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика