So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Angliya Premer-ligasi 13-tur prevyusi Yangiliklar

Angliya Premer-ligasi 13-tur prevyusi

“Arsenal”ning chempionat favoritlariga bosh og'riq yaratib berishni sevadigan “Kardiff Siti Stedium”ga tashrifi, Villash-Boashning o'z tanqidchilari bilan kurashi, “Manchester Siti” bu safar qancha golni raqib darvozaboniga “sovg'a” qilishi” va 13-turning boshqa intrigalari haqida Angliya Premer-ligasi tur oldi prevyusida tanishasiz.
“Aston Villa” – “Sanderlend”

Mehmonga borishni suymaydigan “mushuklar” haqida


“Sanderlend”ning ushbu mavsumda muhmondagi o'yinlarini tasvirlashda faqatgina nocenzur so'zlargina o'rinli bo'lsa kerak. SHuning uchun bu ishga ko'p ham berilib ketmaymiz va shunchaki faktlarni keltirib o'tamiz. “Qora mushuklar” safarda o'tkazgan olti o'yinida faqatgina bir ochko ola bilgan. Bu tendenciya bosh murabbiy almashganidan keyin ham davom etib kelyapti. Gus Poyet bilan safr uchrashularda uch marta mag'lub bo'lishga ulgurdi jamoa.

Biroq ushbu turda vaziyatni o'nglash va noxush ananaga barxam berish uchun yaxshi imkoniyat bor. Aynan o'z uyida juda yomon natijalar qayd etayotgan “Aston Villa”ga qarshi baxs mehmon “mushuklar”ni mehmondorchilikdan mamnun holda uyga qaytishlariga sababchi bo'lishi mumkin. Birmengemliklar o'z maydonida bu mavsumda to'rt marotaba mag'lub bo'lib ulgurishganini takidlab o'tish o'rinli bo'lsa kerak.

Darvoqe, “Sanderlend” tarkibiga bu turda Li Kattermol qaytadi.

“SA” taxmini: “Aston Villa” 50 % – 50 % “Sanderlend”

“Kardiff Siti” – “Arsenal”

“Yunayted”, “Siti”... Navbatdagisi “Arsenal”mi?


Manchester shahrining ikki grandiga qarshi o'z uyida o'tkazgan o'yinlarda, “Kardiff” kutilmaganda 4 ochko jamg'ara oldi. Ayniqsa ushbu jamoa ikkinchi qavatdagi o'yinlari bilan “Yunayted”ni ham, “Siti”ni ham ancha qiynab qo'ygani etiborga molik.  Makkay shogirdlari Uelsning boshqa bir vakili “Suonsi”ni ham bu maydonni mag'lub holda tark etishga majbur qila olishgandi. Bu turda esa ularga turnir jadvalini boshqarib borayotgan va ko'pchilik tomonidan ushbu mavsum chempionligiga eng asosiy davogar sanalayotgan Londonning “Arsenal” klubiga qarshilik qiladi.  Xo'sh, bu safar ham “Kardiff” hammani hayron qoldira olarmikan? Qiyin masala. Biroq, ochig'i, “Siti” va “Yunayted”ga qarshi o'yinlar oldidan ham shunday tuyulgandi.

“SA” taxmini: “Kardiff” 35% - 65% “Arsenal”

“Tottenxem” –“Manchester Yunayted”

Villash-Boash tanqidlarga javob bera oladimi?


Borgan sari Andre Villash-Boashning chempionat avvalidagi yuqori kayfiyati tushib borishda sobitqadamlik bilan davom etmoqda. Avvaliga u klub muxlislaridan hafa bo'ldi, keyinroq uni va jamoasini sermahsullik yaxshi emasligida ayblab, tana dashnomlar yog'dirishdi, o'tgan turdagi “Manchester Siti”ga qarshi o'yindan keyin esa “Tottenxem” himoyasida ham muammolar etarlicha ekani ko'zga tashlanib qoldi va endi u ushbu turda ijobiy natija qayd eta olmasa, tanqidlar yomig'iri ostida qolishiga shubha qilmasa ham bo'ladi. Biroq bu ish oson bitmasligi aniq. CHunki bu safargi raqib –kunikecha hozirda Germaniya chempionatida ikkinchi o'rinda borayotgan “Bayer” darvozasiga safarda javobsiz beshta gol kiritib qaytdgan va hozirda ajoyib psihologik holatda bo'lgan “Manchester Yunayted”dir.

Nima bo'lganda ham portugaliyalik mutaxasiis nimadir o'ylab topmasa bo'lmaydi. CHunki har bir muvoffaqiyatsiz o'yin u egallab turgan o'rindiqni tobora kuchliroq qimirlatib borishi turgan gap.

“SA” taxmini: “Tottenxem” 40 % - 60% “Manchester Yunayted”

“Everton” – “Stouk Siti”

“Gudison”da “Everton”ni enggadigan bormi? Stouk?


Mark Xyuz  “Stouk”ni boshqarishni boshlaganidan buyon, jamoa o'yinida sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Endi ular faqat uzoq masofalarga havolatib beriladigan uzatmalar va qanotdan kirib borib bosh bilan zarba berishga mo'ldallangan to'p uzatishlaridan foydalanish bilan kifoyalanayotgani yo'q, o'tgan mavsuimlardagi “Stouk”dan farqli ravishda. Jamoa to'p bilan muomala qilishni, qisqa masofalarga to'p uzatishni yaxshi o'zlashtirib oldi. Etibor bering: “Sanderlend”ga qarshi o'yinda Glenn Uilan to'pni aniq uzatishda 100 foizlik (!) ko'rsatkich qayd etgan. Stiven Nzozi esa to'p uzatishlar soni bo'yicha chempionatdagi barcha jaomalar futbolchilari orasida oltinchi o'rinda boryapti.

Biroq bu ko'rsatkichlar “Everton”ga qarshi o'yinda qay darajada rol o'ynashi haqida bir narsa deyish qiyin. Roberto Martines shogirdalari o'tgan turdagi Liverpul derbisida ajoyib o'yin namoyish etib berdi. 3:3 hisobi qayd etilgan o'yin tur bezagi bo'lgnini takidlasak, xato bo'lmasa kerak. Ruxan va jismonan juda yaxshi holatda bo'lgan “Everton”ning bu o'yinda g'alaba qozonish imkoniyatlari ancha yuqoriroq. Har xolda “Gudison”da ularni na “CHelsi” va na “Liverpul” engga oldi.

“SA” taxmini: “Everton” 70 % - 30% “Stouk”

“Hall Siti” -“Liverpul”

Stadndartlarda  nimadir qilish kerak, Liverpul.


Brenden Rojers bu mavsumda jamoasi o'yinini deyarli mukammal holatga olib chiqa oldi. Mukammallik uchun etishmayotgan eng asosiy jihat, raqib standart vaziyatlarni amalga oshirayotganda qaynday harakat qilish kerakligini ko'pinchi bilmay qolishayotgani bo'lsa ajab emas. “Liverpul” mavsum boshidan buyon o'tkaziyab yuborgan gollarining deyarli teng yarimi standdart vaziyatlar oqibatida yuzaga kelgan. “Everton”ga qarshi derbida esa har uchta golni ham standartdan o'tkazib yuborgani esa “qizillar” murabbiylar shtabini havotirga solishi kerak.

Ularning bu turdagi raqibi “Hall Siti”, albatta, “Everton” emas. O'tgan turda “Kristal Peles”ga mag'lub bo'lgani ham buni ko'rsatib turibdi. Biroq ular ham standartlari golga aylantirishni eplaydiganlardan.

Ko'ramiz, bu borada Rojers qanday ish olib borgan ekan.

Darvoqe, FIFA.UZ Angliya turniridagi jamoangizda Starrij bo'lsa, uni biror boshqa hujumchiga almashtirish zarar qilmaydi. U mashg'ulotlarda to'pig'idan jarohat oldi va katta ehtimolki bu o'yinni o'tkazib yuboradi.

“SA” taxmini: “Hall Siti” 40% - 60 % "Liverpul"

“Manchester Siti” – “Suonsi”

Besh? Olti? Yoki ettitami?


“Manchester Siti” safardagi o'yinlarda har qancha yomon natijalar qayd etayotgan bo'lmasin, o'z uyida Pellegrini shogirdlarini to'xtatib bo'lmayapti. Mavsum boshidan beri o'z uyida oltita o'yin o'tkazgan “shaharliklar” 41ta (!) gol urishga ulgurishgan. SHu ketishda mavsum yakunigacha “Etixat” o'yingohida urilgan gollar sonini 100taga etkazib qo'yishi ham ehtimoldan holi emas. Bu safar “Siti” maydonida “Suonsi” mehmon bo'ladi. O'yin oldidan asosiy savol uning qanday natija bilan yakunlanishi emas, moviy kiyimdagilar necha bora uelsliklar jarvozasini ishg'ol qilishlarida.

"SA" taxmini: "Manchester Siti" 70 % - 30% "Suonsi"

“CHelsi” – “Sautgempton”


Matasiz shuncha o'ynaganingiz etar balki, janob Mour?

Ha, “Bazel”ga har ikki o'yinda ham mag'lub bo'lgani “CHelsi”ning CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqishiga halal bermadi. Biroq klub muxlislarini nafaqat natija, balki, o'yinning o'zi ham hafa qilgan bo'lsa kerak. Hujumdagi primitiv harakatlar, darvoza tomon biror marta aniq, xavfli zarba yo'llanmagani... O'ylanishga majbur qiladi.

Balki Xuan Mata xizmatlaridan foydalanish vaqti etgandir? O'tgan mavsumda “ko'klar” tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri (balki eng yaxshisi) o'yinlarni zahira o'rindig'idan tomosha qilaverishi g'alati emasmi? Albatta, ispaniyalik futbolchining tarkibda bo'lmagani mag'lubiyatlarning yagona va eng asosiy sababi emas. Biroq, so'nggi vaqtlarda londonliklar hujum chizig'ida g'oya, g'oyalar xilma-xilligi etishmayotgandek. Kreativlik kamdek. Mata esa mana shu kamchilikka eng to'g'ri echim bo'lardi.

“SA” taxmini: “CHelsi” 65 % - 35% “Sautgempton”

13-tur o'yinlari:

30 noyabr.

ASTON VILLA : SANDERLEND

KARDIFF SITI : ARSENAL

EVERTON : STOK SITI

NORVICH : KRISTAL PELAS

VEST XEM : FULXEM

NYUKASL : VEST BROMVICH

1 dekabr.

TOTTENXEM : MANCHESTER YUNAYTED

XALL SITI : LIVERPUL

CHELSI : SAUTGEMPTON

MANCHESTER SITI : SUONSI


13-tur oldidan turnir jadvali

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Arsenal1291224 - 101428
2Liverpool1273224 - 131124
3Chelsea1273221 - 101124
4Manchester City1271434 - 122222
5Southampton1264215 - 7822
6Manchester United1263320 - 15521
7Everton1256117 - 13421
8Newcastle United1262417 - 17020
9Tottenham Hotspur126249 - 12-320
10Swansea City1243517 - 16115
11West Bromwich Albion1236314 - 14015
12Aston Villa1243513 - 14-115
13Hull City124269 - 15-614
14Stoke City1234512 - 14-213
15Cardiff City1234511 - 17-613
16Norwich City1232710 - 23-1311
17West Ham United122469 - 14-510
18Fulham1231811 - 21-1010
19Crystal Palace122197 - 21-147
20Sunderland122198 - 24-167
Abror QODIROV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика