So’nggi yangiliklar

21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0

Angliya Premer-Ligasi 12-tur prevyusi Yangiliklar

Angliya Premer-Ligasi 12-tur prevyusi

Liverpul, London, Midlend derbilari. G'alabali onlarni qaytarishga ahd qilgan Mourino jamoasi. Barqarorlikni yo'qotgan "Manchester Siti". Kuchli to'rtlikka qaytishga yaqin turgan "Manchester Yunayted" va boshqalar haqida, APL 14-turining batafsil prevyusida tanishing.

 “EVERTON” – “LIVERPUL

23 noyabr. 17:45. “Gudison Park”.

Liverpul derbisi. Haddan tashqari principial raqiblarning ushbu qarama-qarshiligi qiziqarli kechishiga shubha qilmasa ham bo'ladi. O'yinning har ikki jamoa uchun qay darajada muhim ekani haqida tasavvurga ega bo'lish uchun, “Liverpul” xo'jayini aynan ushbu baxs oldidan o'zining eng asosiy “kozeri” – Luis Suares Urugvay terma jamoasi safidagi uchrashuvlarga turli yo'nalishlarda uchib borib kelib, toliqib qolmasligi uchun o'z shaxsiy samolyotini berib yuborganiga etibor qaratishning o'zi kifoya. Turnir jadvaliga nazar solsak, bu o'yin faqatgina hamshaxarlarning katta tarixga ega bo'lgan navbatdagi derbisi emas, balki olti ochko uchun bo'ladigan o'yin ham ekanini sezsa bo'ladi. Ayni vaqtda “Everton” 20 ochko bilan turnir jadvalining 6-o'rinida borayotgan bo'lsa, Brknden Rojers shogirdalri ulardan 3 ochko ko'proq jamg'arib, jadvalda ikkinchi pog'onadan o'rin egallagan.

Takidlab o'tish o'rinliki, “Everton”da ushbu o'yin oldidan tizzasidan jarohat olgan Gibsonni hisobga olmasak, katta yo'qotishlar yo'q. Asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilari maydonga tushishga tayyor. “Liverpul” bo'lsa mavsumni juda yaxshi boshlagan Starrij xizmatlaridan foydalana olmasliklari mumkin. U 3 o'yindan buyon engil jarohatlangan oyoq bilan o'ynayotgandi. Jarohat jiddiylashib ketmasligi uchun, derbida katta ehtimol bilan maydonga tushirilmasa kerak.

Ushbu jamoalar o'tgan mavsumda APL doirasidagi har ikki uchrashuvda ham g'olibni aniqlay olishmagan: 0:0 hamda 2:2 hisoblari qayd etilgandi.

Jamoadagi futbolchilarning ijro mahoratlari va saviyasida “qizillar” biroz ustunlikka egaligi bu o'yinda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

“SA” taxmini: “Everton” 40 % – 60 % “Liverpul”.

 

“ARSENAL” “SAUTGEMPTON”

23 noyabr. 20:00. “Emireyts Stedium”.

Markaziy uchrashuv maqomiga yana bir nomzod-o'yin. Axir, turnir jadvalining birinchi va uchinchi o'rinlarida borayotgan jamoalarning o'zaro to'qnashuvi bu. CHempionatda haqiqiy sensacion natijalar qayd etib, ko'pchilik uchun kutilmaganda barqaror ravishda g'alabalar qayd etayotgan “Sautgempton” bu mavsumda eng kam mag'lubiyatga uchragan ikki jamoaning biri. Ular chempionat boshidan beri faqat bir bora, safarda “Norvich”ga mag'lub bo'lgan. Lovren, Lambert hamda Osvaldolarni alohida ajratib ko'rsatish mumkin.

“Arsenal” o'tgan turdagi “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng biroz qisqargan “Liverpul” bilan o'rtadagi ochkolar farqini yana yaxshiroq ko'rinishga olib kelish, hech bo'lmaganda bu farqni saqlab qolish uchun ham ikki barobar kattaroq ishtiyoq bilan maydonga tushishini kutsa bo'ladi. Umuman olganda, “Arsenal” o'z maydonida bo'lib o'tgan “Sautgempton”ga qarshi o'yinlarda ko'p ham qiyinchilikka uchramagan. O'tgan mavsumni eslash kifoya. O'shanda londonliklar 6:1 hisobida raqibni “sochib yuborgandi”.

Bu o'yinda “Arsenal”dan Oksled-CHemberlen tizzasidagi jarohat sabab, Flamini diskvalifikaciyasi tufayli maydonga tushmaydi. Tomash Rosickiy ham shamollagan va ko'p ehtimol bilan o'ynay olmaydi. Mehmonlar tarkibida esa yo'qotishlar yo'q hisobi.   

“SA” taxmini: “Arsenal” 65%-35% “Sautgempton”.

 

“FULXEM” -“SUONSI”

23 noyabr. 20:00. “Kreyven Kottej”.

Mavsum har ikki klub uchun ham muvoffaqiyatli boshlanmaganini aytish mumkin. 12-tur oldidan “Fulxem” 10, “Suonsi” esa 12 ochko to'play olgan xolos. London klubi turnir jadvalining 18-o'rinida joylashgan bo'lsa, uelsliklar 13-pog'onada boyapti.

Takidlash joizki, jamoalarning o'zaro so'nggi 5 uchrashuvidan 3tasida “Suonsi” g'olib kelgan. Uning ustiga, ushbu g'alabalardan ikkitasi aynan “Fulxem” maydonida qo'lga kiritilgan. Martin Yol shogirdlari o'zlarining so'nggi besh uchrashuvlaridan to'rttasida mag'lub bo'lishdi. Bu ham etmaganidek, jamoaning muhim futbolchilari Xangeland va Daff jarohatlangan va bo'lajak o'yinda ham safda bo'lmaydi. SHunday bo'lsada, mezbonlik maqomi va vaziyatni yaxshilashga bo'lgan istak, ularga bu o'yinni yaxshi o'tkazishlari uchun turtki bo'lishi mumkin. Goal.com nashridagi so'rovnomada, sayt o'quvchilarining asosiy qismi, bu baxsda 2:1 hisobi qayd etilishini taxmin qilgan. “Suonsi”da ham bu mavsum hammsi “okey” emasligi,jamoaning eng asosiy yulduzi Michu jarohati sabab maydonga tushmasligini hisobga olib, bu taxminlar asosga ega ekanini takidlash mumkin.

“SA” taxmini: “Fulxem” 55% - 45% “Suonsi”.

 

“XALL SITI” -“KRISTAL PELAS”

23 noyabr. 20:00. “Kingston Kommyunikeyshn”.

Premer-liga debyutantlari uchrashuvi. Katta mashaqqatlar bilan Premer-liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan “Kristal Pelas” yana shahdam qadamlar bilan CHempionship tomon ketayotganini kuzatish achinarli. Har xolda o'tkazilan 12 turdan keyin bor yo'g'i 4 ochkogina to'plagan “Pelas” hozirdanoq quyi ligaga yo'l oladigan uch jamoaning biri sifatida etirof etila  yotgani bor gap.

“Xall Siti” esa bu yil APLga chiqqan jamoa uchun ancha ishonchli o'yinlar namoyish etmoqda. Albatta, hali sensacion biror natijaga erishganicha yo'qku-ya, lekin yutishi lozim bo'lgan o'yinlarni boy berib ham qo'ymadi va haqli ravishda 12-o'rindan joy olib turibdi. Ushbu o'yinda ham ularning imkoniyatlari yuqoriroq. Bizningcha.

“SA” taxmini: “Xall Siti” 65% - 35% “Kristal Pelas”.

 

“NYUKASL” “NORVICH”

23 noyabr. 20:00. “Seynt-Jeyms Park”.

So'nggi o'yinlarda o'zini ancha tiklab olgan “Nyukasl” bu o'yinda ham ishonchli g'alabaga erisha olishiga ishonsa bo'ladi. “Liverpul” bilan durang qayd etib, keyinroq “CHelsi”ni o'z uyida, “Tottenxem”ni mehmonda mag'lub etgan Pardyu yigitlari hozir ajoyib sport formasida ekanliklarini qayd etib o'tish lozim. FIFA.UZ foydalanuvchilariga esa, ushbu turda “Nyukasl” darvozaboni tim Krulni sotib olish maslahat beriladi. U hozir sport formasining yuqori cho'qqisida. Buni “Tottenxem”ga qarshi o'yindagi qahramonliklari ham isbotlab turibdi. Debyuchi esa sariq kartochkalar soni sabab bu o'yinni o'tkazib yuborishiga ham etibor qaratish zarar qilmaydi.

So'nggi ikki o'yinda 10ta gol o'tkazib yuborgan “Norvich”dan esa bu uchrashuvda van Folfsvinkel, Bennet, Pilkington, Tettey ishtirok eta olishmaydi.

“SA” taxmini: “Nyukasl” 70% - 30% “Norvich”.

 

“STOK SITI” “SANDERLEND”

23 noyabr. 20:00. “Britaniya”.

Har ikki klub ham chempionat yakuniga ko'ra Premer-ligada qolsa, mavsumni ko'ngilli natija bilan tamomlaganliklaridan mamnun bo'lsalar kerak. O'tkazilgan 11 turdan keyin aynan shunday xulosaga kelish mumkin. Turnir jadvalining 17 va 19-o'rinlarida joylashgan jamoalar mavsum avvalidan ko'pgina qiyinchiliklarga duch kelyapti. “Sanderlend” chempionatning dastlaki 8 turida birorta ham g'alabaga erisha olmagani, oltinchi turdan keyin bosh murabbiy – Di Kanio istefoga chiqarib yuborilgani so'zlarimizga isbot. Biroq “qora mushuklar” so'nggi turlarda o'zlarini o'nglab olishdi. To'qqizinchi turda “Nyukasl”ni, O'n birinchi turda esa “Manchester Siti”ni mag'lub etganliklar, jamoa muxlislariga bu uchrashuvda ham umid bag'ishlashi aniq.

Sark Xyuz shogirdalari esa APLdagi so'nggi sakkiz turda g'alaba nima ekanligini bilmay kelishyapti. So'nggi marta “Stok” 31 avgust kuni safarda “Vest Xem”ni mag'lub qilgan. Bu uchrashuvda mezbonlarning eng asosiy futbolchilaridan biri bo'lgan Stiven Ayrlendning maydonga tushishi so'roq ostida. U oyog'idan jarohat olgan.

Umuman olganda, har ikki jamoaning o'yin oldidan imkoniyatlari teng. So'nggi turdagi chempionat favoritlaridan birini mag'lub qilgan “Sanderlend”da ruxiy ustunlik bo'lsa, “Stok Siti”ga o'z maydonida o'ynayotgani va muxlislar yordami dalda bo'ladi.

“SA” taxmini: “Stiok Siti” 50 % : 50% “Sanderlend”.

 

“VEST XEM” “CHELSI”

23 noyabr. 22:30. “Boleyn Graund”.

London derbisi. So'nggi ikki tur “CHelsi” uchun omadli kelmadi. “Nyukasl”dan safarda qabul qilib olingan mag'lubiyat, “Vest Bromvich” bilan o'z maydonidagi juda qiyin tarzda erishilgan durang (so'nggi daqiqalarda noto'g'ri tayinlangan penalti evaziga urilgan golni eslang), Mourino va uning shogirdlari uchun sovuq dush vazifasini o'tab berishi kerakdek. Bu turda ham g'alaba qozonish nasib etmasa, jamoaning turnir jadvalidagi o'rniga ham, ruxiy holatiga ham salbiy tasir o'tkazishi mumkin. “Vest Xem”ga qarshi o'yinda “aristokratlar” Fernando Torres xizmatlariga umid bog'lay olishmaydi. U mushaklaridagi jarohat sabab Mourino tomonidan bu o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Sem Allardays jamoasida esa mavsum boshidan buyon jarohatlanganlar soni anchaga etib ulgurdi. Endiy Kerrol hamon jarohatidan halos bo'lganicha yo'q. Kollinsning ham maydonga tushishidan tushmasligi aniqroq. O’Brayn, Teylor, Uinston Rid, Jordan Spens kabi futbolchilar ham jarohat tufayli hali ham safda emas.  

“SA” taxmini: “Vest Xem” 25% - 75% “CHelsi”.

 

“MANCHESTER SITI” “TOTTENXEM”

24 noyabr. 18:30. “Etixad Stedium”.

O'tkazib yuborish tavsiya etilmaydigan o'yin. Yozda “Manchester Siti” o'zining so'nggi yillardagi ananasiga ko'ra bir necha ajoyib haridlarni amalga oshirdi. Pellegrini so'ragan barcha futbolchilar jamoa safiga qo'shib olindi. Navas, Negredo, Yovetich kabi yulduz futbolchilar bilan tarkibni kengaytirgan “shaxarliklar” o'yin borasida, ayniqsa g'alabalardagi barqarorlik borasida avvalgi yillardagidan pasaysa pasaydiki, ammo o'sishga erishgani yo'q. Etibor beraylik, “Siti” qanday o'yinlarda ochko yo'qotyapti: Avvaliga chempionat debyutanti “Kardiff Siti”ga mag'lub bo'ldi, keyinroq mavsum autsayderlaridan biri “Stok” bilan durang, keyin “Aston Villa”ga, undan so'ng chempionatning yana bir yaqqon autsayderi “Sanderlend”ga ham mag'lub bo'lib ulgurdi. Orada “Siti”ni “CHelsi” ham yutib qo'yganini aytmasak ham bilasiz. So'nggi turdagi mag'lubiyat juda alamli bo'lganidan, o'z maydonida bo'lajak bu o'yinga “Siti” boshqacha shijoat bilan tushishini taxmin qilsa bo'ladi. Umuman olganda, “Tottenxem” manchesterliklar uchun unchalik ham noqulay raqib emas. Ushbu jamoalarning o'zaro so'nggi besh uchrashuvlaridan 4tasida aynan “moviylar” g'olib kelgan.

Andre Villash-Boash boshqarayotgan jamoada o'yin oldidan hech qanday jiddiy yo'qotish yo'q. Barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyor. “Manchester Siti”dagi eng asosiy yo'qotish esa, albatta, David Silvaning maydonga tusha olmasligidir. U chempionlar Ligasi doirasidagi CSKAga qarshi o'yinda jarohatlangan va hali tiklanishga ulgurganicha yo'q.

“SA” taxmini: “Manchester Siti” 55% - 45% “Tottenxem”.

 

“KARDIFF SITI” “MANCHESTER YUNAYTED”

24 noyab. 21:00. “Kardiff”.

CHempionat debyutanti bu mavsumda Manchesterning boshqa bir grandi ustidan irodali g'alabaga erishib ulgurdi. Bu turda ular o'sha ishni yana bir bor takrorlashga urinib ko'rishadi. Biroq, tabiiyki, buni amalga oishirish oson bo'lmaydi. Yangi ir davrni boshlagan “Manchester Yunayted” bu mavsum hammadan ham ko'p va xo'p tanqid qilinayotgan bo'lsada, Moyes asta sekinlik bilan ijobiy natijalarni qo'lga kiritib boryapti. Ha, o'yinda hali muammolar ko'zga tashlanyapti. Ha, maydon markazida, o'yinni tashkil qilishda, himoya markazida kamchiliklar yaqqol ko'rini qolyapti. Ajoyib hujum chizig'i va undagi futbolchilarning idividual mahorati evaziga o'yinlar qutqarib qolinyapti. Biroq hammasi vahima qiladigan darajada qo'rqinchli emas “MYU” muxlislari uchun. Jamoa 11 turdan keyin turnir jadvalining 5-pog'onasida boryapti. Ikkinchi o'rindagi “Liverpul” bilan oradagi farq bor yo'g'i uchtaga teng. Hali “Yunayted”ni chempionlik poygasidan chiqarib yuborishga biroz erta. 

Ushbu o'yin oldidan “qizil iblislar”da yo'qotishlar etarlicha. Uelbek, Maykl Kerrik jarohat tufayli o'yinda ishtirok etmasliklari aniq. Robin van Persini, Fil Jons va Rafaelning ham maydonga tusha olish, olmasligi so'roq ostida. Ularda ham engil jarohatlar bor.

“Kardiff”dan esa Odemvingening ishtirok etmaslik ehtimoli yuqori.

“SA” taxmini: “Kardiff Siti” 30% - 70% “Manchester Yunayted”.

 

“VEST BROMVICH” -“ASTON VILLA”

25 noyabr. 01:00. “Xotorns”.

Turi yakunlab beruvchi uchrashuv. Turdagi yana bir derbi. “Midlend derbisi” deb ataladi bu jamoalarning o'zaro uchrashuvlari. Bir biriga juda munosib, teng kuchli raqiblar. Ular nafaqat geografik joylashuvi bo'yicha qo'shni, balki turnir jadvalida ham bu ikki klub bir xilda 14 ochkodan to'plab, 10 va 11-o'rinlarni band etib, yonma-yon joylashib olgan. Ularning so'nggi 5 uchrashuvidan 3tasida durang natija qayd etilgan. O'tgan mavsumda esa “Vest Bromvich” har ikki o'yinda bir xil – 1:2 va 2:1 hisoblarida g'alaba qozongan.

“Aston Villa” hujumida o'yin oldidan muammolar keragidan ortiq. Agbonlahor va Bentekeda jarohat bor. Mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshlashgan bo'lishsada, har ikkisining ham o'yindagi ishtiroki so'roq ostida.

“Vest Bromvich”dan esa Zoltan Gera, Billi Jons va Ben Fosterda sog'liq borasida muammolar bor va ular ham katta ehtimol bilan maydonga tushishmaydi.

“SA” taxmini: “Vest Bromvich” 50 % - 50 % “Aston Villa”.

 

P.S. Angliya futbolini kuzatib boring. Jahonning eng jozibador futbolidan chetda qolishni o'zingizga ep ko'rmang. FIFA.UZ da Angliyada ushbu tur dedlayni 16:00da tugaydi. SHoshiling.

 

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

Ochk

1

Arsenal

11

8

1

2

22 - 10

25

2

Liverpool

11

7

2

2

21 - 10

23

3

Southampton

11

6

4

1

15 - 5

22

4

Chelsea

11

6

3

2

18 - 10

21

5

Manchester United

11

6

2

3

18 - 13

20

6

Everton

11

5

5

1

14 - 10

20

7

Tottenham Hotspur

11

6

2

3

9 - 6

20

8

Manchester City

11

6

1

4

28 - 12

19

9

Newcastle United

11

5

2

4

15 - 16

17

10

West Bromwich Albion

11

3

5

3

12 - 12

14

11

Aston Villa

11

4

2

5

11 - 12

14

12

Hull City

11

4

2

5

9 - 14

14

13

Swansea City

11

3

3

5

15 - 15

12

14

Cardiff City

11

3

3

5

9 - 15

12

15

Norwich City

11

3

2

6

9 - 21

11

16

West Ham United

11

2

4

5

9 - 11

10

17

Stoke City

11

2

4

5

10 - 14

10

18

Fulham

11

3

1

7

10 - 19

10

19

Sunderland

11

2

1

8

8 - 22

7

20

Crystal Palace

11

1

1

9

6 - 21

4


Abror Qodirov  tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика