Angliya o'z tarixida ilk marotaba Evropa chempionati finaliga chiqdi
08 iyu 2021 07:29
Yangiliklar
Angliya o'z tarixida ilk marotaba Evropa chempionati finaliga chiqdi
Angliya terma jamoasi Evro-2020 yarim finalida Daniyani mag'lubiyatga uchratdi (2:1) va finalga yo'l oldi.
Inglizlar ushbu natija orqali o'z tarixlarida ilk marotaba Evropa chempionati finaliga yo'l olishdi. Bungacha ularning eng yaxshi natijasi yarim finallar bo'lgandi (1968 va 1996 yillarda).
Endi Garent Sautgeyt boshchiligidagi Angliya terma jamoasi finalda 11 iyul kuni Italiya terma jamoasiga qarshi bosh sovrin uchun maydonga tushadilar. Bahs "Uembli" stadionida o'tkaziladi.
Fikrlar