So’nggi yangiliklar

21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2

Angliya Liga Kubogi. Reshfordning dubli MYUga "CHelsi" ustidan g'alabani keltirdi Yangiliklar

Angliya Liga Kubogi. Reshfordning dubli MYUga "CHelsi" ustidan g'alabani keltirdi

Angliya Liga Kubogining 4-bosqichida "CHelsi" o'z maydonida "Manchester Yunayted" bilan bahs olib bordi.

"CHelsi" - "Manchester Yunayted" 1:2

Gol: Reshford (25-pen), Batshuayi (61), Reshford (74).

CHelsi – Kabalero, Alonso, Gei, Djeyms, Zuma, Gilmur (Maunt, 70), Kovachich, Pulishich (Pedro, 70), Jorjino, Xadson-Odoi, Batshuayi (Abraxam, 78).

Manchester Yunayted – Romero, Uilyams, Maguayr, Lindelef (Marsyal, 66), Uan-Bissaka, Djeyms, Maktomini, Lingard (Pereyra, 67), Fred, Roxo, Reshford (Yang, 80).

Ogohlantirish: Maktomini (11), Batshuayi (18), Fred (83), Kovachich (90).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Burchak zarbasidan keyin bosh hakam bahsni yakunlab berdi. Bu safar ham Reshford dubl qayd etib, mankunianliklarga g'alaba keltirdi.

90+4. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'ldi.

90+1. Aytgancha, Reshford "CHelsi" bilan "Old Trafford"da (4:0) o'tgan bahsda ham dublga erishgandi.

4 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAAAA!!! Marsyalning zarbasi biroooooz noaniq ketdi.

89. MYU klassik hujum tashkil qilayotgandi. To'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

87. Kovachichning zarbasi noaniq ketdi.

83. Bugun sardorlik bog'ichini taqib olgan Maguayr MYUning dirijyori bo'lmoqda. Tan olish kerak, u omadli transfer bo'lganini isbotlayapti.

78. Endi Lempard tavakkal qilmoqda. Abraxam maydonga tushdi.

74. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Reshforddan supergol!!!! Forvard 25 metrlardan jarima zarbasini to'qqizlik tomon tepdi!!! 1:2!!!

70. Endi "Yunayted"ning ustunligi ko'zga tashlanmoqda. Marsyalning o'zgarishidan keyin shunday bo'lmoqda.

68. Sulsherdan kutilmagan yurish. Lindelof o'z o'rnini Marsyalga bo'shatib berdi. "Pan ili propan" bo'ladi endi.

61. GOOOOOOOOLLLL! Batshuayi tezkor qarshi hujumni 26 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi orqali gol bilan yakunladi!

58. "Yunayted" himoyasi anchagina bo'shashdi. Xadson-Odoining zarbasi noaniq ketdi.

55. "CHelsi"ning bosimi oshmoqda. Jeymsning qanotdan uzatgan pasini jamoadogi darvozaga to'g'rilay olmadi. Statistikaga etibor bersak, "CHelsi" hozircha darvoza tomon aniq zarba berganicha yo'q.

52. Ikkinchi bo'lim yuqori temp bilan boshlandi. "CHelsi" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Markazda Jorjinoning bergan pasi MYU jarima maydonchasi ichida Uilyamsning podkati orqali qaytarib yuborildi. Ikkinchi tempda esa Jorjinonig bergan zarbasi to'pni qaytarish chog'ida Reshfordning qo'liga tegdi. Bu pallada hakam penalti belgilamadi. Holis baho bersak, bu penalti uchun etarli emas.

50. Xavfli vaziyatttttt!!!!! Xadson-Odoi 99 foizlik imkoniyatni qo'ldan chiqardi. U qanotdan oshirib berilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

48. "CHelsi"ning burchakdan oshirgan to'pigi Uilyams boshi bilan qaytarib yubordi. Ammo "aristokratlar"ning bosimi davom etmoqda.

46. Demak, ikkinchi bo'lim boshlandi! Bu yoqda o'yin biroz zerikarliroq kechmoqda. "Enfild"da esa haqiqiy daxshatli o'yin!

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

40. "CHelsi" yana bir bor xavfli vaziyatga ega bo'lishi mumkin edi. Markazga uzatilgan pasni Pulishich qo'li bilan to'xtatgani uchun bosh hakam fol qayd etdi. Aks holda Batshuayi MYU posboni bilan birga bir holatga chiqib ketayotgandi.

39. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Xadson-Odoining qanotdan markazga uzatgan pasini Van-Bissaka tepib yubordi.

37. Lingardning 25 metrlardan bergan zarbasini darvozabon ushlab oldi.

34. "CHelsi" burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. Batshuayining uzatgan to'pini Maguayr qaytarib yubordi.

30. Gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, "CHelsi" hali ham o'sha uslubidan voz kechmayapti. "Yunayted" esa raqiblariga hujum uyushtirishlari uchun umuman imkoniyat bermayapti.

25. GOOOOOLLLLL!!! O'z jarima maydonchasi ichida Alonso raqibi Jeymsni yiqitgani sababli belgilangan penaltini Reshford unumli foydalandi. 

24. Hozircha Maguayr sardorligidagi "Yunayted" himoyasi anchagina tartibli o'ynamoqda.

21. Yunayted" asta-sekinlik bilan to'pni raqibiga topshirmoqda. Total ustunlik "CHelsi" tomoniga o'tib ketdi.

18. Qizig'i. Biroz oldin MakTominey raqibi Batshuayiga qarshi qo'pol o'ynagani uchun sariq  kartochka ishlab olgandi. Bu daqiqaga kelib, Batshuayi MakTomineyni yiqitgani uchun ogohlantirildi.

15. Jeymsning zarbasi biroz o'xshamadi. Uning chap oyog'ida tepgan to'pi burchakka qarab ketib qoldi. Ayni daqiqalarda tashabbus mankunianliklar tomonida.

13. ZARBAAAAAAAA!!!! Burchakdan erlatib oshirilgan pasga MakTominey zarba berdi. To'p darvoza to'qqizligining yonidan o'tib ketib, to'rga tashqi tomondan tegdi.

12. Mankunianliklar burchak zarbasiga ega bo'lishdi.

10. Hozircha tomonlar birorta xavfli vaziyatlar yaratishganicha yo'q. O'yin asosan markazda kechmoqda.

5. Uchrashuvdagi ilk zarba "CHelsi" tomonidan berildi. Pulishichning zarbasini Maguayr qaytarib yubordi.

3. Hozircha to'p asosan mezbonlarda bo'lib turibdi.

1. Uchrashuv boshlandi! Bahsni mankunianliklar boshlab berdi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика