So’nggi yangiliklar

15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  0 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  0 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз, Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  2 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  17 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  1 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  17 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  3 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0

Angliya Kubogi. "Manchester Siti" ham chorak finalda g'alabaga erishdi + yarim final juftliklari Yangiliklar

Angliya Kubogi. "Manchester Siti" ham chorak finalda g'alabaga erishdi + yarim final juftliklari

Angliya Kubogi 1/4 finali doirasidagi "Nyukasl" - "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Nyukasl – Manchester Siti 0:2

"Sent-Jeyms Park"

Gol: De Bryuyne (37-pen), Sterling (68).

Nyukasl – Darlou, Fernandes, Mankilo, Rouz (Lazaro, 75), Lassels, Longstaff, Xeyden, Sen-Maksimen (Yedlin, 74), Almiron (Joelinton, 65), SHer, Kerroll (Geyl, 65).

Manchester Siti – Bravo, Mendi, Otamendi, Laport, Uoker (Joau Kanselu, 71), Gyundogan, de Bryuyne (Rodri Ernandes, 71), Marez (Foden, 64), Silva (Bernardu Silva, 64), Sterling, Gabriel Jezus.

Ogohlantirish: Keroll (61).

Newcastle United

FA Cup . 1/4-tur

28/06/2020, 23:30

2
:
0
Tugadi

Manchester City

Kevin De Bruyne - 37', Raheem Sterling - 68'

Stadion: St James' Park, 0 tomoshabin

45'
90'
61'  Andy Carroll
65'  Andy Carroll (Dwight Gayle)
65'  Miguel Almiron (Joelinton)
74'  Allan Saint-Maximin (DeAndre Yedlin)
75'  Danny Rose (Valentino Lazaro)
79'  Isaac Hayden (Matthew Longstaff)
90'  Joelinton
37'  Kevin De Bruyne
64'  David Silva (Bernardo Silva)
64'  Riyad Mahrez (Phil Foden)
68'  Raheem Sterling
68'  Phil Foden
71'  Kyle Walker (Joao Cancelo)
71'  Kevin De Bruyne (Rodri)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Kutilganidek, "Siti" yarim finalga o'tishda qiynalmadi. Demak, final ostonasida "shaharliklar" "Arsenal"ga qarshi bahs olib borishadi.

90+1. Gyundoganning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Joelinton jarima maydonchasi yaqinida Sterlingni yiqitdi. Jarima zarbasi.

88. Bernarduning zarbasini Yedlin qaytardi.

85. Uxx! "Siti" 3-golga juda yaqin keldi. Ammo chap qanotdan uzatilgan to'pni bo'sh darvozaga yo'llaydigan kishi topilmadi.

Hammasi joyida o'yin davom etadi.

82. "Nyukasl" jarima maydonchasi ichida Sterling va Darlou o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi.

80. "SHaharliklar" markaz orqali hujum uyushtirishga harakat qilib ko'rishdi, ammo Jesus va Sterlingning harakatlari samarasiz yakun topdi.

79. O'zgarish. Metti Longstaff o'rniga Xeyden maydonga chiqarildi.

76. ZARBAAAAAAAAA!!! Fodenning zarbasi biroz noaniq ketdi.

75. "Siti" muxlislari uxlab qolganmi? Kommentlar bo'm-bo'sh...(

72. Qiziq holat. CHorak finallardagi barcha uchrashuvlarda mehmonlar g'alaba qozonishga yaqin turibdi. "Siti" ham London uchun chipta tayyorlasa bo'ladi.

68. GOLLLLLLLLLLL!!!! Sterlingdan chiroyli gol! SHunchaki boshqa tarif yo'q bu golga.

66. UXXXXXXXXXX!!! Hozirgina maydonga tushgan Geyl hisobni tenglashtirishi mumkin edi! Mankiloning qanotdan uzatgan pasini u bo'sh darvozaga yo'llay olmadi.

64. Birdaniga 4 o'zgarish ro'y berdi...

61. Bugun Keroll to'rtinchi marta Lyaportga qarshi fol ishlatdi va bu bosh hakamning ham joniga tegdi. Natijada Keroll sariq oldi.

60. EXXX!!! Kerolll, bekor to'pga tegdin-da... Agarda to'p uning boshiga tegmaganida Almiron to'pni offsayd holatidan qabul qilmasdi.

57. Ikkinchi bo'limda "Nyukasl" biroz faol o'ynamoqda. 

54. "Siti"ning hujumi offsayd sababli to'xtab qoldi.

52. UXXXX!! Mendining o'z qanotidan uzatgan to'pini David Silva to'xtatganda bormi... Juda kuchli zarba yo'llardi.

49. "Siti"ning ustunligi yaqqol ko'zga tashlanmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Endi uchrashuvga qaytamiz.

Ushbu uchrashuvlar 18 va 19 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

2-juftlik: "Arsenal" - "Manchester Siti" yoki "Nyukasl"

1-juftlik: "Manchester Yunayted" - "CHelsi"

23:29. Demak, qura tashlash marosimi boshlandi! Gari Lineker ekran oldida. Qura "Sent-Jeyms Park" stadionida o'tkazilmoqda. Alan SHirer ham shu erda.

23:27. 2 daqiqa qoldi. Biz ham sabrsizlik bilan kutyapmiz.

23:24. Qura tashlash marosimiga 4 daqiqa qoldi.

23:23. Demak, yarim finalga "Arsenal", "Nyukasl" va "Manchester Siti" juftligi, "Manchester Yunayted" va "CHelsi" kabi jamoalar etib kelishgan. Agarda "Siti" bugungi bahsda g'alabaga erishadigan bo'lsa, yarim finallarda daxshatli janglar bo'lib o'tadi.

23:20. Demak, qura boshlanishiga hali 8 daqiqa vaqt bor. Sizga qura haqida malumot berib o'tamiz. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Biz bilan qoling. Qura tashlash marosimini ham onlayn yozib boramiz.

45+2. Lyaportning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Uchrashuvning tanaffusida Angliya Kubogi yarim finali uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tashkilot rasmiy saytida qura 11 daqiqadan so'ng boshlanishi yozib qo'yilgan.

42. "Nyukasl" futbolchilari hujumga o'tdi va Ederson pushtirang libosda maydonda ekanligini ko'rdik.

40. "Siti" baribir o'zgacha olam ekanligini isbotlamoqda. Jamoa futbolchilari to'pni raqibiga umuman bermayapti.

37. GOOOOOOOOOOOOLLLL!! Kevin penaltidan unumli foydalandi!

36. PENALTI! Jezus yiqitildi! De Bryuyne to'p oldida.

34. "Siti" futbolchilari 1 yoki 2 pas bilan raqib jarima maydonchasi ichiga kirib kelishmoqda. Hozir Sterling raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib kelgandi. Darlou to'pni qaytardi.

32. De Bryuynening ajoyib to'p uzatishiga na Sterling va na Jezus boshi bilan zarba bera olmadi.

28. O'tgan vaqt davomida "Nyukasl" futbolchilari atigi 15 marta pas o'ynashgan bo'lsa, "Siti" bu natija 189ni tashkil qilmoqda.

25. ZARBAAAAAAAA!!! Sterlingning bu safargi kuchli zarbasini ham Darlou qaytardi!

24. DAXSHATLI VAZIYAT!! Sterling raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va sakrab turgan to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ymoqchi bo'ldi. Darlou to'pni qaytardi!

21. "Nyukasl" standartga ega bo'lgandi. SHon Longstaffning oshirgan to'piga hech kim tegmadi, tega olmadi.

19. Maxrezning bu galgi zarbasi ham xavfli lekin noaniq.

17. ZARBAAAAAAAA!!! Uokerning qanotdan uzatgan to'piga David Silva zarba berdi. To'p darvozaning shundoqqina yonidan o'tib ketdi.

12. Xavfli vaziyat! Golga tortadigan ilk zarba! David Silvaning pasidan keyin Maxrez raqib darvozasi tomon kuchli zarba berdi. Lekin to'p tribuna tomon uchib ketdi.

11. Mendi endi o'zi zarba yo'lladi. Kuchli va noaniq.

9. Mendining bu safar raqib jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pi maydondan tashqariga chiqib ketdi.

7. "Siti" tezkor qarshi hujumga o'tib ketgandi. Lekin Sterling va De Bryuynedan noaniq o'yin.

5. "Nyukasl" oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi. Lekin Xeyden offsaydda qolib ketdi.

3. Ilk daqiqalardan Lyaport kichik jarohat oldi. Boshing toshdan bo'lsin)

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- O'yin oldi kichik tadbirlar: qarsak chalish va tiz cho'kib o'tirish marosimlari o'tkazildi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qoldi. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика