So’nggi yangiliklar

19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  8 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0

Angliya Jahon chempionatini yutadi, Keyn finalda gol uradi Yangiliklar

Angliya Jahon chempionatini yutadi, Keyn finalda gol uradi

Teglar :  AngliyaJCH-2018
Angliya - XXI asrdagi eng omadsiz futbol termasi.

Terma biror marta ham yirik turnirlarning yarim finaliga etib kela olmadi, uch marta penaltilar seriyasidan keyingi mag'lubiyat, so'nggi Evroda esa inglizlar umuman ishonchni oqlay olmadi. Rossiyadagi turnirgacha ularning yo'lini yomon hayollar bilan eslashadi. Biroq endilikda ularga bo'lgan ishonch juda ham oshdi. Nima uchun?

IDEAL NATIJALAR

Angliya termasining saralashdagi yo'lini barchaga namuna qilib ko'rsatsa bo'ladi. Guruhda top-raqiblar yo'q edi, biroq ular bir necha noqulay raqiblar bilan kuch sinashdi - Slovakiya, Sloveniya, SHotlandiya... Angliya saralashda 3ta gol o'tkazib yubordi, 7 marta "quruq" g'alabaga erishdi.

Keyinchalik o'rtoqlik o'yinlarida - uch g'alaba, uch durang. Angliya bunda Gollandiya, Nigeriya, Kosta Rika kabi termalarni munosib tarzda mag'lub etdi. Germaniya, Braziliya kabi raqiblar bilan bahslarda Sautgeyt "avtobus"ni qo'ydi va gol o'tkazib yubormadi. Angliya Rossiyaga g'oliblik ruhi bilan, o'rtamiyona saviyadan chiqib bormoqda. Inglizlar top-termalar bilan bemalol o'ynay olishadi.

FAXRIYLARNI QO'YIB YUBORISH

Rossiyadagi jahon chempionati - Angliyaning omadsiz avlodidan voz kechganidan keyingi ilk turnir. Evroda Xart va Runi ham bor edi va o'sha paytdagi voqealar rivojini eslaymiz. Angliyaning eng katta kamchiligi - ruhiy holati bo'lgandi o'shanda. Jamoa ilk golni o'tkazib yuborganidan keyin tezda taslim bo'layotgandi. Endi terma yosh, g'alabalarga chanqoq.

JCHdagi eng yosh 3 termadan biri - Angliya, 25,9 yosh. Mantiqan olib qaraganda yoshlar pley-offga chiqadi va Evrodagi omadsizliklarni takrorlamasligi kerak. Jamoa tarkibida tajribasizlar yo'q, Hatto 20 yoshli Reshford ham milliy termada bir necha yillardan buyon o'ynamoqda. Bu esa termaning yutug'i.

ETAKCHILAR

Ueyn Runi, Frenk Lempard, Stiven Jerrard - ularning barchasi o'z klublarida etakchi bo'lsa-da, termada barqarorlikni namoyish qila olmasdi. Top-futbolchilar qo'pol hatolarga yo'l qo'yardi va termada bosimni his qilardi. Xarri Keyn esa bunday futbolchiga o'xshamaydi. U 24 yoshga kirgan, biroq APLda 100dan oshiq gol kiritib bo'lgan. Bir necha yildan buyon yuqori temp bilan o'ynamoqda va butun termani o'z ortidan ergashtira olmoqda.

Maydonda faqatgina klubi emas, termasining ham etakchisi. Evrodagi omadsizlikdan keyin milliy termada qanday o'ynash kerakligini tushundi. Xarri Keyn - Angliyaning yangi avlodidagi ideal futbolchilardan biri. Vaziyatlardan foydalana oladi, va albatta, finalda ham darvozani ishg'ol qiladi.

METIN HIMOYA

Angliyaning himoyasini ham boshqa termalarga namuna qilib ko'rsatsa bo'ladi. Garet Sautgeyt himoyaga katta etibor berdi va uch nafar markaziy himoyachi bilan sxemani bog'ladi. SHu orqali sifat ham, natija ham ko'zga tashlanmoqda. Oldin ham Angliya himoyasida top-futbolchilar bor edi, biroq o'shanda ular qo'pol hatolar evaziga oddiy gollarni o'tkazib yuborishardi. Sautgeyt davridan keyin bular to'g'rilandi. Kexill, Stounz, Maguayr, Jons, Uolker beshligi dahshatli o'yin namoyish etishmoqda va barchaning ishonchini qozonishmoqda. Angliyaliklar bunday himoya bilan Germaniya va Braziliyani ham mag'lub eta oladi.

Sautgeytning taktikasida ikki yarim himoyachi orqa chiziqqa ham yordam beradi. Xenderson, Loftus-CHik va Dayer chuqur himoyada o'ynay oladi va kreativlikni namoyish qiladi. Nigeriyaga qarshi o'yinda u taktikani biroz o'zgartirdi va etiborni ko'proq hujumga qaratdi. Markazdagi bir futbolchi himoyaga yordam berdi. Qolgan 4 futbolchi esa faqatgina hujumda o'ynadi. Afrikaliklar esa pressing evaziga kamroq gol o'tkazishdi.

Qayd etish lozim, Angliya o'zining so'nggi 10 uchrashuvida 3 gol qo'yib yubordi.

ENGIL QUR'A

Angliya hozirdanoq pley-offga tayyorgarlikni boshlasa bo'ladi. Ular guruhdan chiqishi aniq bo'lgan masalalardan biri. Ular oldinda Panama yoki Belgiyani yuta oladi. Demak, Sautgeyt turnir startigacha buni hisobga olgan. 1/8 final bosqichida ham Angliya darajasidan biroz pastroq terma bo'lishi extimoli bor - Polsha, Senegal, Kolumbiya yoki Yaponiya. Bularga qarshi uchrashuvda Angliya so'zsiz favorit sifatida aytiladi. Agarda Angliya guruhda birinchi o'rinni egallasa, biroz qulayroq raqib bilan kuch sinashadi. H guruhidagi termalarning saviyasi bir-biriga yaqin, shu boisdan ham bu erda sensaciyalar bo'lishi extimoli juda yuqori.

Demak, Angliya chorak final haqida o'ylasa ham bo'ladi. Ularga "avtobus" yordam bersa kerak. Har holda o'tgan safargi musobaqalardan keyin shunday hulosa bo'lmoqda.

MOTIVACIYA

Rossiyadagi mundial Sautgeyt yigitlari uchun alohida chaqiruv bo'lib xizmat qiladi. Angliya JCH-2018 sovrinini qo'lga kiritishni istayotgan bir vaqtda Rossiya bilan munosabatlar yomonlashdi. Barchasiga muxlislarning o'zini tutishlari sabab. Ammo bu Angliyaning turnirda qatnashishiga hech qanday tasir qilmasa kerak. CHunki Rossiyadan ko'ra Angliya kuchliroq. Yoshlar vatani sharafini himoya qilish uchun jangga chiqmoqda.

Kim 2004 yilda Greciya yoki 2016 yili Portugaliya Evroni yutishini taxmin qilgandi? Demak, Angliya ham sovrinni yuta olishi mumkin. Angliyada dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri to'p surmoqda, "Manchester Siti"ning chempionlik tarkibidagi 4 futbolchi, APLda porlayotgan Dele Alli va Markus Reshford kabi futbolchilar bor. Xarri Keyn finalda gol ura oladi. Eslab qoling. Angliya jahon chempioni bo'ladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика