So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Angliya futbol akademiyasining ochilish marosimidan reportaj. "Fulxem" va "Lester" sobiq bosh murabbiyi nimalar deganini bilasizmi? Yangiliklar

Angliya futbol akademiyasining ochilish marosimidan reportaj. "Fulxem" va "Lester" sobiq bosh murabbiyi nimalar deganini bilasizmi?

Bugun Toshkent davlat transport universitetida Angliyaning “Brooke House College football Academy” akademiyasining Toshkentdagi filialining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tantanali va bayramona tarzda o'tgan tadbirda Toshkent  davlat transport universiteti rektori Odiljon Abdurahmonov,  “Brooke House College football Academy” akademiyasining direktori Miki Adams, futbolimiz afsonalari Birodar Abduraimov, Vyacheslav Soloxo va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Kozim Qayumov, hamda boshqa mehmonlar ishtirok etishdi. Ochilish marosimining avvalida Toshkent  davlat transport  rektori Odiljon Abdurahmonov so'zga chiqdi.

"Avvalambor, assalomu aleykum hurmatli mehmonlar. Barchangizni universitetimizda ko'rib turganimdan xursandman. “Brooke House College football Academy” akademiyasining ochilishi biz uchun oldinga tashlangan katta qadam hisoblanadi. Malumki, mamlakatimizda yoshlar orasida futbolni ommaviylashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha ko'p vazifalar belgilab berilgan. Futbol barchamiz sevib o'ynaydigan sport turi hisoblanadi. “Brooke House College football Academy” akademiyasining bizda tashkil topishi ko'plab yoshlarimizga keng imkoniyatlarni, yangi marralarni egallashiga yordam beradi",- deydi Odiljon Abdurahmonov.



Keyingi so'z navbati “Brooke House College football Academy” akademiyasining texnik direktori, "Lester", "Fulxem" jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Miki Adams fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Toshkentda “Brooke House College football Academy” akademiyasini ochishdan mamnunmiz. Fursatdan foydalanib bu loyihani amalga oshishida katta hissa qo'shayotgan hamkorlarimiz SHuhrat Ernazarovga, universitet rektori Odil Abdurahmonovga, Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchisi Rustam Mirsaidovga minnatdorchilik bildirib qolaman. “Brooke House College football Academy” akademiyasini ochish bir necha yillar oldin maqsadlarimizdan biri hisoblanardi. CHunki men ham bir vaqtlar bolaligimda do'stlarim bilan futbol o'ynab turib professional klubda to'p tepishni orzu qilganman. Buning uchun o'z ustimda ko'p ishlaganman. O'ylaymanki bunday imkoniyat har bir bolada bor. Mazkur loyihamiz markaziy Osiyoda ilk bor O'zbekistonda amalga oshirilmoqda",- deydi Miki Adams.


Tadbirga tashrif buyurgan o'zbek futbolining afsonalaridan biri, "Paxtakor" jamoasida uzoq yillar to'p tepgan va samarali faoliyat olib borgan Birodar Abduraimov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'zbek futboli tarixida birinchi marotaba Angliya futbol akademiyasi ochildi. Bu bilan barchani tabriklayman. Ushbu mamlakat futboli dunyoda birinchi o'rinda turadi. Millionlar o'yining vatani, desak mubolag'a bo'lmaydi. Kelajakda mazkur akademiya terma jamoamizga yaxshi futbolchilarni etkazib beradi, deb o'ylayman. Toshkent transport davlat universiteti xududida ko'plab taniqli futbolchilar mashg'ulot o'tkazgan. Igor SHkvirin, Bahodir Ibragimov, Vilgelm Qahhorov shu tumanda to'p tepgan. Hammaga omad tilayman",- deydi Birodar Abduraimov.


Tadbir yakunida mehmonlarga esdalik sovg'alari, Miki Adams imzosi tushirilgan to'plar topshirildi va esdalik uchun fotosessiya bo'lib o'tdi. 

Futbol akademiyasining keyingi faoliyati haqida batafsil malumotni quyidagi saytdan olish mumkin: http://tstu.uz


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика