So’nggi yangiliklar

11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   1 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  5 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  22 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  36 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0

Angliya. "Manchester Yunayted" ketma-ket to'rtinchi o'yinda ham yirik hisobda g'alabaga erishdi Yangiliklar

Angliya. "Manchester Yunayted" ketma-ket to'rtinchi o'yinda ham yirik hisobda g'alabaga erishdi

APLning 34-turi doirasidagi "Aston Villa" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Aston Villa" - "Manchester Yunayted" 0:3

Gollar: 0:1 – 27, penalti Brunu Fernandesh, 0:2 – 45 Grinvud, 0:3 – 58 Pogba.

Aston Villa – Reyna, Mingz, Xoz, Konsa, Teylor, Duglas Luis (Vasilev, 84), Trezege, El-Gazi (Xurixeyn, 58), Makginn (Nakamba, 59), Grilish, Samatta (Devis, 59).

Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, SHou, Maguayr, Uan-Bissaka (Uilyams, 66), Matich (MakTominay, 66), Pogba, Brunu Fernandesh (Fred, 71), Marsyal (Igalo, 79), Grinvud (Jeyms, 79), Reshford.

Ogohlantirish: Uan-Bissaka (40), Matich (45), Konsa (52), Nakamba (81), Fred (87).

Aston Villa

Premier League . 34-tur

10/07/2020, 00:15

3
:
0
Tugadi

Manchester United

Bruno Fernandes - 27', Mason Greenwood - 45', Paul Pogba - 58'

Stadion: Villa Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
52'  Ezri Konsa
58'  Anwar El-Ghazi (Conor Hourihane)
59'  John McGinn (Marvelous Nakamba)
59'  Mbwana Samatta (Keinan Davis)
81'  Marvelous Nakamba
84'  Douglas Luiz (Indiana Vassilev)
27'  Bruno Fernandes
40'  Aaron Wan-Bissaka
45'  Nemanja Matic
45'  Mason Greenwood
45'  Anthony Martial
58'  Paul Pogba
58'  Bruno Fernandes
66'  Nemanja Matic (Scott McTominay)
66'  Aaron Wan-Bissaka (Brandon Williams)
71'  Bruno Fernandes (Fred)
79'  Anthony Martial (Odion Ighalo)
79'  Mason Greenwood (Daniel James)
87'  Fred

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!!! Pogba-Fernandesh juftligidan super o'yin, mankunianliklarning ketma-ket to'rtinchi o'yinda ham yirik hisobda g'alabaga erishgan uchrashuvini siz bilan Mirjalol Normatov kuzatib bordi. Ajoyib o'yin uchun Sulsher shogirdlariga rahmat aytamiz.

90+2. ZARBAAAAAA!!! Pogba ajoyib tarzda bir raqibidan o'tib ketdi va katta masofani bosib o'tib, Reshford tomon chiroyli pas berib, raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Hujumchining zarbasini Reyna qaytardi!  

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Reshfordning burchakdan oshirgan to'pini mezbonlar qaytarib yuborishdi.

87. Fred sariq kartochka oldi. Umuman olganda qora ishlarni qilishda MYUning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi u.

83. Burchakdan oshirilgan to'pni De Xea baqirib, baland sakrab ushlab oldi.

82. Reshfordning kuchli zarbasi tribuna tomon uchib ketdi.

81. Jeyms raqib jarima maydonchasi yonida yiqitildi. MYUda ajoyib imkoniyat. Reshford, Pogba, Fred to'p yonida.

80. Hozirgina zaxiradan tushgan Jeyms ilk zarbasini berishga ulgurdi. Biroq zarba noaniq. Marsyal esa hali ham xafa.

79. Bugun gol ura olmagan Marsyal zaxiraga olindi. U o'zidan xafa bo'lishi kerak.

77. Adashmasam, Joze Mourino kelgan ilk mavsumida MYU APLning dastlabki 3 turida bir xil 4:0 hisobida g'alabaga erishgandi. Keyinchalik "Lester" 2:0 hisobida mag'lub etilgandi. Navbatdagi turda "Uotford"ga yutqazganidan keyin MYUning ishi ortga ketgandi. (Baribir statistikalarni kutamiz)

75. Reshford qanday texnikaga ega ekanligini ko'rsatdi. CHiroyli fintlarni ko'rdik. Bu pallada Jeyms va Igalo o'yinga tushishga tayyorlanmoqda.

73. Darvoqe, ilk davrada MYU o'z maydonida "Aston Villa"ni mag'lub eta olmagan, 2:2. O'ziga hos "revansh" olinmoqda)

70. Gol+pas muallifi Fernandesh o'z o'rnini Fredga bo'shatdi. Katta ehtimol Pogba Brununing o'rnida, uning ortida Skott va Fred o'ynaydi.

69. MYUning o'yinida balans. Jamoa to'pni raqibga topshirdi. Lekin vaziyat yaratishga berilmayapti.

67. Sulsher ikki nafar sariq kartochka olgan futbolchilarni zaxiraga oldi. Norvegiyalikdan aqlli yurish.

66. Grilishning zarbasi noaniq ketdi.

63. Konsaning to'p oshirishidan keyin Trezege boshi bilan to'pni darvoza yoniga uzatgandi. De Xea to'pni ushlab oldi. 

61. ZARBAAAAAAAA!!! Brununing chiroyli pasidan keyin Marsyal yaqin masofadan kuchli zarba yo'lladi. To'p ustun va to'singa tegib, maydondan tashqariga chiqib ketdi.

60. Bilasizmi, mankunianliklar ketma-ket to'rtinchi uchrashuvida yirik hisobda g'alabaga erishishi mumkin. Statistikalarni kutamiz.

58. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! POGBAAAAAAAAA!!! CHIROYLI GOL!! Pochin ochildi. Brunudan assist.

57. Reshford gol urgandi. Ammo bu vaziyatda Pogba offsaydda qolib ketgani sababli offsayd belgilandi.

56. Pogba uch raqibini qurshovidan shunaqangi osonlik bilan chiqib ketdiki, bekorga top-futbolchi ekanligini ko'rsatdi.

54. "Aston Villa" uchrashuvda ilk marta aniq zarba yo'lladi. MakGinning zarbasini De Xea ushlab olishda qiynalmadi. Ispaniyalik kiperda ilk seyv.

49. ZARBAAAAAAA!! Van-Bissaka MYUdagi ilk golini urishga yaqin kelgandi. Reshfordning ideal to'p uzatishidan keyin Bissaka yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi.

48. MYU ikkinchi bo'limda ham 4-2-3-1 taktik sxemasida o'ynamoqda. Bu tezkor qarshi hujumlar va mukammal himoya uchun eng ideal taktika menimcha. Jamoa Mourino ketganidan buyon sxemani o'zgartirmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Qadrli do'stlar, Birmingemga qaytamiz. Futbolchilar maydonga tushib kelishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tashabbus va nazorat, umuman olganda hamma narsa MYU tomonida. "Villa"ga imkoniyat ham berilmayapti va tezlikni ham oshirmayapti. CHiroyli o'yin.

45+4. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! GRINVUUUUUUDDDDD!!! Tezkor qarshi hujumdan keyin Meyson "pushka" zarbasi bilan chiroyli gol urdi!!

45+2. MYU tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Lekin Marsyalga uzatilgan so'nggi pasni Reyna ushlab oldi.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBAAAAAAAA!! SHouning qanotdan uzatgan to'piga Fernandesh boshi bilan zarba yo'lladi... Uxxxx.. Ajoyib vaziyat ko'kka sovurildi.

41. "Villa" standart vaziyatga ega bo'ldi. Lekin undan oshirilgan to'pga hech kim zarba bera olmadi.

38. Reshford tezkor qarshi hujumga o'tib ketib, raqib jarima maydonchasida yiqilib tushdi. Lekin bosh hakam bu safar penalti bermadi.

37. ZARBAAAAAAA!! Grinvudning zarbasini bu safar Reyna qiyinchilik bilan qaytardi!

35. ZARBAAAAA!!! Marsyalning zarbasini Reyna ushlab oldi.

33. MYU xotirjam 3 ochkoni olib ketishni maqsad qilgan. So'nggi bir necha o'yinlar davomida Sulsher rotaciyaga qo'l urmayapti. Bu esa bugun mankunianliklarning sokin tempda o'ynashini ko'rsatmoqda.

30. MYU burchak zarbasiga ega bo'ldi. 

27. PENALTI belgilandi va Fernandesh o'zi ishlagan penaltidan unumli foydalandi!!!

26. PENALTIIIIIIII!! VAR vaziyatga aralashdi. Xo'sh...

25.ZARBAAAAAAAAA!!! Pogbaning xatosidan keyin Trezege qulay nuqtadan zarba yo'lladi. Biroq noaniq. De Xea vaziyatni "o'qib" turgandi.

21. MYU hozircha sokin va xotirjam o'ynamoqda. Hujumlarda ham bosim qilinmayapti.

19. Xavfli zarba! Konsaning qanotdan uzatgan to'piga Grilish kuchli va noaniq zarba yo'lladi. Van-Bissaka futbolchisini unutib qoldirdi.

18. Samattaning to'p uzatishidan keyin Mingz boshi bilan zarba yo'lladi. To'p van-Bissakaga tegib, burchakka chiqib ketdi. Undan uzatilgan to'pni De Xea mushti bilan urib yubordi.

14. Pogba zo'r o'ynayapti. Markazda uning hukmronligini ko'ryapmiz, Brunu esa hujumga yordam bermoqda. 

13. MYU 2 daqiqa mobaynida keskin bosim uyushtirdi. Ammo Pogbaning pasi rikoshetlar sabab Marsyalga etib bormadi.

10. Yo'q, vaziyat xavfli bo'lib chiqmadi. Duglas Luisning zarbasi jonli devordagi Reshfordga tegib, maydonni tark etdi.

9. UXXXX!!! Fernandesh jarima maydonchasi yonida qoidani buzdi. "Villa" uchun qulay jarima zarbasi bo'lishi mumkin.

8. "Aston Villa" burchak zarbasiga ega bo'ldi.

6. Bugungi g'alaba mankunianliklarga turnir jadvalida "Lester" bilan oradagi farqni 1 ochkogacha qisqarishiga yordam beradi.

4. Anvar El-Gazining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

3. MYUdan ilk hujum. Grinvudning pasi Marsyal tomon etib bormadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, futbolchilar tizzada o'tirishmoqda.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Tarkiblar tanishtirilmoqda.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика