Ange Postekoglu: "Tottenxem" hali ham chempionlik poygasida"
14 jan 12:10
Yangiliklar
Ange Postekoglu: "Tottenxem" hali ham chempionlik poygasida"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu jamoasi hali ham chempionlik uchun poygada ekanligini aytdi.
20 o'yindan keyin "shporlar" APL turnir jadvalida peshqadam "Liverpul"dan 6 ochkoga ortda qolgan holda 5-o'rinni egallab turibdi.
"Doimo aytganman, imkoniyatlar bor ekan, nega kurashdan chiqish kerak? Biz qiyin davrdan o'tdik, biroq barchasiga chidayapmiz. To'rt o'yin bo'ldi, ularda hech nimaga erisha olmadik, biroq vaziyatdan chiqib keta oldik. Biz hali ham chempionlik poygasidamiz.
Mavsumning katta qismi mobaynida biz barqarorlik namoyish qildik, agarda mavsumning ikkinchi yarmini birinchisidan yaxshiroq o'tkazmasak, bizga hech nima ahamiyat kasb etmay qoladi", - dedi Postekoglu.
Fikrlar