Andrey SHipilov: "Samarqanddagi mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqardik"
12 apr 2019 21:11
Yangiliklar


Andrey SHipilov: "Samarqanddagi mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqardik"
“Metallurg” – “Qizilqum” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey SHipilov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bugun hisob yirik ko'rinish olgan bo'lsa-da raqib jamoa haqida faqat iliq fikrlar bildirish mumkin. O'zimizning jamoa haqida gapirganda esa bugun ikkinchi bo'limni ancha tartibli holda o'tkazganimizni takidlay olaman. Jamoam ikkinchi bo'limda xotirjamlikka berilmasdan ancha tartibli tarzda harakat qildi. Tanaffusda bergan ko'rsatmalarimni aniq bajarishdi. O'tgan o'yindan to'g'ri xulosa chiqarib ishladik va yakunda bugun chiroyli g'alabaga erishdik. Bu bilan butun jamoamni tabriklayman va olg'a intilishda davom etishimizni ayta olaman, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar