So’nggi yangiliklar

14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  0 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  3 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3

Andrey SHipilov: "Metallurg" dastlab infratuzilmani yaxshilaydi, keyin OCHL uchun harakat qiladi" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Metallurg" dastlab infratuzilmani yaxshilaydi, keyin OCHL uchun harakat qiladi"

Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Metallurg" (0:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.

"Uzoq tanaffusdan keyin yaxshi start oldik. O'tgan turdagi g'alabadan keyin ishtiyoqimiz yuqori edi. Bugungi raqib bilan o'tgan turda bir kunda o'ynagandik, shu sababli, ikki klubda ham dam olish kuni bir xil edi.

Maydon haqida hech narsa demayman, faqat maysasi o'sgan edi. SHu qiyinchilik tug'dirdi. Yaxshiyam unga suv sepib berishdi. Ikkinchi bo'limda havo harorati biroz pasaygani uchun o'ynash oson bo'ldi. Umuman olganda, bugungi o'yindan qoniqdim. "Lokomotiv" bilan o'yindan keyin yutqazishimizga haqqimiz yo'q edi. Bugun 3 ochko olganimizdan xursandman," - deydi SHipilov. 

- Karantindan keyin jamoangiz yaxshi o'ynamoqda. Buning siri nimada?
- Bilasizmi, bu klubda uch yildan beri ishlayapman. Bu yil tarkibimiz ancha kuchaydi. Yoshlarimiz katta bo'lishdi va yangi kuchli futbolchilar qo'shilishdi. Jamoa yildan yilga shakllanib bormoqda.

- "Andijon" haqida qanday fikrdasiz?
- Ularni o'tgan turdagi o'yinlarini tahlil qildik. Jamoa haqida "Andijon" murabbiyi fikr bildirgani yaxshiroq. Andijon men uchun unutilmas shahar, bu erda ajoyib damlarimni o'tkazganman. Jamoaning bugungi strukturasi meni ranjitmoqda. Andijonda do'stlarim, qadrdonlarim ko'p. Bu viloyatda futbol rivojlanishi kerak.

- "Metallurg" yaxshi natijalar qayd etmoqda. Klub keyingi mavsum OCHLda o'ynashga tayyormi?
- Yaxshi savol. Yolg'on gapirmayman. Men buni xohlayman, ammo bizga yana taxminan 2 yil vaqt kerak. Dastlab ichki vazifalarimizni bajarib olishimiz kerak. Klubda faqat jamoa emas, balki tizim bo'lishi kerak. OCHLga chiqmoqchimiz deb katta gapirish mumkin, ammo yoshlar jamoasi yo'q, futbol maktabi yo'q, infratuzilma bo'lmasa, oddiygina jurnalistlar uchun press loja bo'lmasa bundan qanday naf? Biz bu borada ishlayapmiz, Moskva birdaniga qurilmagan. Dastlab U-16 terma jamoasiga futbolchi etkazib bermoqchimiz, keyin U-19, keyin milliy terma jamoa. Klub rahbariyati ham bosqichma-bosqich rivojlanib borishimizga yordam bermoqda.



Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика