Andrey SHipilov: “Allaniyazov va Turg'unboev bizni mag'lub etishdi”
15 may 2018 22:48
Yangiliklar


Andrey SHipilov: “Allaniyazov va Turg'unboev bizni mag'lub etishdi”
-Muxlislar chiroyli, hujumkor futbolning shohidi bo'lishdi. Birinchi taymda aqlli o'ynadik. Mezbonlarga yaqqol imkoniyat bermadik.Bizda esa aksincha ikkita gollik imkoniyat bo'ldi. Agar darvozabon bilan yakkama yakka vaziyatni golga aylantira olganimizda, yakuniy natija hozir tamomila boshqacha bo'lardi.
"Navbahor" ikkinchi taymda omadli o'yinchi almashtirishni amalga oshirdi. Allaniyazov bilan Turg'unboev ikkalasi amalda bizni mag'lubiyatga uchratishdi. Mezbonlarni g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa keyingi o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak,-deydi Andrey Sergeevich.
-Bugun omadimiz chopmadi. Ikkinchi taymda tashabbusni mezbonlarga boy berib qo'ydik va mag'lubiyatga uchradik. “Navbahor”chilarni g'alaba bilan tabriklayman. Kamchiliklar ustida ishlaymiz va keyingi turlarda ishqibozlarimizni xursand etishga harakat qilamiz,- deydi Zafar To'raev.
"Metallurg" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar