So’nggi yangiliklar

11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  1 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  2 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  1 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  8 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  23 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  3 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  6 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1

Andrey SHevchenko "Jenoa"da. Italiyada uni nimalar kutmoqda? Yangiliklar

Andrey SHevchenko "Jenoa"da. Italiyada uni nimalar kutmoqda?

"Milan" muxlislari yaqin-yaqingacha ham "San-Siro"ga murabbiy sifatida Andrey SHevchenko kelishini intiqlik bilan kutishayotgan edi.

Lekin keyin vaziyat biroz o'zgardi. Aniqrog'i, Stefano Pioli hozircha zimmasidagi vazifalarning uddasidan chiqa olmoqda. SHuning uchun, ukrainalik uzoq kutishni istamay, boshqa klubga bo'lsa ham, Italiyaga qaytishga qaror qildi. U yangi xo'jayin bilan yuqori cho'qqilarga chiqishni maqsad qilgan "Jenoa"ning taklifini qabul qildi.



2021 yilda A Seriyadagi asosiy murabbiylar almashinuvi — Andrey SHevchenkoning Italiyaga qaytishi bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmas. Ukrainalik iyuldan beri ishsiz edi va mana endi "Jenoa" bilan shartnoma imzoladi. Klub bitim shartlari haqida rasman elon qilmadi, biroq Janluka Di Marcio malumotiga qaraganda, ukrainalik mutaxassis bilan yiliga 2 mln evro ish haqi berish evaziga 2024 yilgacha shartnoma tuzilgan.

SHevchenko tvitterdagi sahifasida shunday deb yozdi: "Yangi sarguzashtni boshlayapmiz va "Jenoa"ga shonli o'tmishini qaytaramiz".


"Jenoa" egasi to'xtovsiz tarzda murabbiylarni ishdan bo'shatadi. SHevchenko ham xavf ostida-mi?!

Enriko Preciozi 2003 yil "Jenoa" xo'jayini bo'ldi. Klub o'shanda S1 Seriyada jon saqlash uchun kurashayotgandi. Uning boshchiligidagi genuyaliklar 18 yil davomida Italiya elitasining muqim azosiga aylanishdi. Klub moliyaviy ahvolini barqarorlashtirdi, evrokuboklarda ishtirok eta boshladi va asta-sekin grand jamoalarga o'yinchilar etkazib berishni yo'lga qo'ydi. So'nggi yillarda "Jenoa" arzonroq o'yinchilarni xarid qilib, ularni rivojlantirish va yaxshiroq summaga sotishga etiborini qaratdi.



U murabbiylarga nisbatan doim qatiqqo'l bo'lgan. Enriko 2017 yili shunday degandi: "Nima uchun murabbiylarni tez-tez ishdan bo'shataman? Bizning klub u qadar katta emas, dabdabali bayramlar uchun ham imkoniyatimiz yo'q. SHuning uchun, har bir murabbiyga talabchanman. Barcha suhbatlarda ularni ogohlantirib, shunday deyman: Tayyor turing, bu erdagi bosim xuddi "Yuventus" va "Milan"dagi kabi bo'ladi. Ko'plari ruhiy bosimga ham dosh berolmaydi. SHu sababli, tinchgina ular bilan xayrlashib qo'ya qolaman".

Preciozi nazorati ostidagi "Jenoa"da 2003 yildan buyon 24 ta murabbiy ishlashga ulgurdi. Bazilari, masalan Davide Ballardini, bir necha martadan qayta ishlab ko'rdi. Biroq SHevchenko ketma-ket mag'lubiyatdan so'ng, "o'ziga xos xo'jayin" uni ishdan bo'shatib yuborishi mumkinligidan havotir olmasa ham bo'ladi. "Jenoa" joriy yil sentyabr oyidan Amerika "777 Partners" nomli kompaniyaning, qo'polroq qilib aytganda, "o'yinchog'i"ga aylandi. U klubni sotib olish uchun 150 mln evro sarfladi. "777 Partners" rasmiy saytida shunday deyilgan: "Biz — Mayamida joylashgan xususiy investiciya kompaniyasimiz va etiborimizni tortgan tez o'suvchi vertikal loyihalarga investiciya kiritamiz hamda moliyaviy xizmatlarga alohida etibor beramiz". "Jenoa" haqidagi malumotlarni "portfolio"ning ichidagi "OAV va ko'ngilochar loyihalar" bo'limidan topishingiz mumkin. "777 Partners"ning klubda katta rejalari bor: faqatgina Evropadagi tasiri va aloqalarini kuchaytirish maqsadida sotib olmagan. Hammasi kutilmaganda sodir bo'lgan. Hozirda yangi bosslar "Jenoa"ni Italiyaning top-klublari qatorida ko'rishni istashmoqda.

"777 Partners" kompaniyasining asoschilaridan biri Josh Vander shunday deydi: "Biz "Jenoa"da amalga oshirmoqchi bo'lgan loyiha va uning natijasida yaratilgan top-klub sovrinlar uchun kurasha oladimi? Mutlaqo. Biz bu erga mag'lub bo'lish uchun kelganimiz yo'q. Biz g'alaba qozonish uchun keldik. Kelgusi bir necha yil ichida loyiha yordamida o'z maqsadlarimizga erishishga kafolat bera olamiz va albatta, bundan umid qilamiz. "Atalanta" uddasidan chiqqan vazifalardan hayratdamiz, ajoyib loyiha. Ular nafaqat klubda, balki maydonda ham yaxshi ishlay olishdi.

Biror bir musobaqada g'alaba qozonishni istayman, bu yil bo'lmasa, kelasi yil. Ishontirib ayta olamanki, mablag'imiz etarli. Ammo uni rejalashtirmay ishlatib tashlamoqchi emasmiz. Biz bilan ishlayotgan murabbiy va kelgusida jamoamizda faoliyat yuritishi mumkin bo'lgan murabbiylar bir narsani bilishlarini istardim: transferlar bo'yicha ham va har qanday boshqa muammolar bo'yicha ham yordam beramiz".


Nega aynan SHevchenko?

"Jenoa"da 2ta nomzod bor edi. Birinchisi, "Calciomercato" malumotiga ko'ra, Andrea Pirlo. Uni klub ishlaridan uzoqlashib ulgurmagan Preciozi jamoaga olib kelmoqchi bo'lgan. Ikkinchisi, hali amaldagi rahbariyat vakillari taklif qilishni istagan SHevchenko. Klub mutaxassis bilan Londonda uchrashdi. 5 noyabr kuni "Empoli"ga qarshi bahsdan so'ng, darhol muzokara o'tkazildi va kelishuvga erishildi. SHevchenko va APLning bazi klublari o'rtasidagi aloqa yaxshiligiga qaramay, masala oson hal bo'ldi,

"Milan" afsonasi 2016 yildan beri murabbiylik sohasida faoliyat yuritadi. "Jenoa" uning murabbiy sifatidagi ikkinchi ish joyi. SHevchenko o'tgan 5 yil ichida faqat Ukraina termasi bilan ishladi. Keyin esa darhol Italiyaga qaytdi. Nega bunday bo'ldi? Ehtimol, buning asosiy sababi — SHevchenkoning imijidir. Uni nafaqat Milanda, balki mamlakatning boshqa nuqtalaridagilar ham sevib, hurmat qilishadi. Ukraina termasi bilan muvaffaqiyat qozonishi kelgusida ish topishi uchun yaxshigina poydevor bo'lib xizmat qiladi.



Imidj masalasi haqida Italiyaning o'zida ham eslab ulgurishdi. "La Gazzetta dello Sport" nashri muallifi Filippo Grimaldi yozishicha: "Josh Vander va uning sheriklarining g'oyasi mazmuni shundaki, ularga xalqaro miqyosda taniqli shahs kerak ediki, u klub yuziga aylanishi, etibor tortishi zarur edi. Bu ularni mamlakat tashqarisida ham mashhur qiladi".


SHevchenko qanday murabbiy?

U haqida o'zining iqtiboslari bilan aytishga qaror qildik:

"Menga tartib-intizom yoqadi. To'g'ri, kimdir kech qolishi mumkin. Gap nimadaligini tushunish zarur, o'sha odam majbur bo'ldimi yoki bu ishni o'zi uchun u qadar muhim sanamadimi? O'tgan 4-5 yil davomida asosiysi — men tartib bo'yicha jiddiy talablar qo'yaman. Va futbolchilar o'zim o'sha talablarga qanday rioya qilayotganimni ko'rishadi. O'sha 4-5 yillik faoliyatimda men biror marta mashg'ulotga kech qolmadim va doim birinchi bo'lib keldim. Menimcha, futbolchilar buni munosib baholashadi".

"Biz muxlislar birinchi navbatda futbolchilar maydonda borini berayotgani, astoydil mehnat qilib, jamoaviy o'yinda ijobiy o'zgarish bo'lishini istashlarini yaxshi bilamiz. Ularga pand bermaslikka harakat qilamiz. Baribir muxlislar Ukraina futboli tushib qolgan vaziyatni to'g'ri tushunishadi deb umid qilaman. Men o'yinchilarimga doim bir gapni aytaman: "O'yin qanday yakunlanishidan qati nazar, siz har doim toza vijdon bilan, qo'lingizdan kelganini qilganingizga o'zingiz ishongan holda maydonni tark etishingiz shart, shunda muxlis sizni tushunadi hamda keyingi o'yinda ham stadionga qaytib keladi".



"Agar bir avlodni tushunmoqchi bo'lsang, ular bilan muloqotni yo'lga qo'y, ko'proq suhbatlash. Umumiy qiziqishlarni topishga urinib ko'r. Men doim shu ishni bajarishga harakat qilaman. Menga ular bilan chindan qiziq bo'ladi. Ularni tushunishga urinaman va menimcha, buni yaxshi uddalay olaman".

"O'yin natija orqali shakllanadi. Men qo'yilgan vazifani maksimal darajada bajarishga harakat qilaman. Mabodo, buni uddalay olmasam, nega bunday bo'lganini anglashim muhim. Menga bu jarayon yoqadi. Albatta, oldinda bizni kutayotgan barcha o'yinda g'alaba qozonish istagi — bu ajoyib tuyg'u".


Eslatib o'tamiz, Toshkent vaqti bilan tungi 00:45da "Jenoa" - "Roma" uchrashuviga start beriladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика