So’nggi yangiliklar

09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0 09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  4 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  7 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  1 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  19 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  7

Andrey Miklyaev: "Yangi mavsumni g'alaba bilan boshlamoqchimiz" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Yangi mavsumni g'alaba bilan boshlamoqchimiz"

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Vahda" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Andrey Miklyaev va Ikrom Aliboev ishtirok etdi.

"Yangi mavsum bilan barchani tabriklayman. Ertangi bahsda g'alaba qozonishni istaymiz. Aytishadiku qanday boshlasang shunday davom etadi. Umid qilamanki "Al Vahda"ni mag'lub eta olamiz", - deydi Andrey Miklyaev.

"Al Vahda" jamoasi Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lgan jamoa. Garchi legionerlarini Toshkentga olib kelmagan bo'lsa ham yaxshi saviyadagi jamoa. Ertaga chiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarimizni xursand qilamiz deb o'ylayman", - deydi Ikrom Aliboev.

- Murabbiylar shtabi "Al Vahda"ni etarli darajada o'rganib chiqdimi?
- Klub haqida to'liq malumot bor. Jamoa o'z milliy chempionatida 20tadan ortiq o'yindan yutqazmay kelayotganini bilamiz. Tarkibida kuchli legionerlar va mahalliy futbolchilar ham bor.



- "Al Vahda" safida 3 nafar legioner futbolchisi kelmagani "Loko"ga qanchalik foyda bo'ladi?
- Bu haqda umuman o'ylamayapmiz, bu ularning muammosi. "Al Vahda" safida mahoratli futbolchilar etarli. Andrey Fyodorov o'z vaqtida Djudjakni kuzatgan va Rossiya klublaridan biriga o'tkazishi mumkin bo'lgan. Hujumda argentinalik futbolchisi bor, himoyada koreyalik o'yinchsi bor. Ular Toshkentga kelmadi? Nima ham derdim jarohat futbolning ajralmas qismi.

- Futbolda muxlislarning daldasi qanchalik muhim? Ertangi bahsdan oldin muxlislarga nima deysiz?
Ikrom Aliboev: - "Al Vahda" bilan o'yinga muxlislar kelishini xohlaymiz. Bizning ham o'yinlarimizda stadionimiz to'lishini istardik. 8000 minglik stadion ertaga to'lsa juda ajoyib bo'lardi. Keling, chiroyli o'yin guvohi bo'lasiz. Nasib qilsa g'alaba qozonamiz.


- "Al Vahda" jamoasiga qanday baho berasiz? Jamoa safidagi muhim o'yinchi kim?
- Bu jamoa juda tartibli o'ynaydi. Ko'p gol urmasa ham himoyada ishonchli o'ynab natijaga erishadi. Muhim o'yinchi? Himoyada koreyalik futbolchi, yarim himoyada Djudjak, hujumda argentinalik futbolchi. Qisqa qilib aytganda yaxshi futbolchilari ko'p.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика