Andrey Miklyaev: "Uchrashuv taqdirini tezda hal etdik"
03 avg 2016 23:38
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: "Uchrashuv taqdirini tezda hal etdik"
Oliy liganing 16-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Navbahor" (5:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev qatnashdi.
- Nima deyishni ham bilmayman, to'g'risi. Natijadan albatta qoniqdik. O'yin taqdirini dastlabki 10 daqiqa ichida hal etdik. Keyin esa ikki xil bo'limlar guvohiga aylandik. Ikkinchi bo'limda biroz kuchni tejagan holda harakat qildik. Bugun "Bunyodkor" ham ochko yo'qotdi, jamoamiz esa ajoyib g'alabaga erishdi. Bugun omad biz tarafda bo'ldi.
Marat Bikmaev? Uning ishi gol urish. Har o'yinda zaxiradan maydonga tushib gol urishni uddalamoqda. Muhimi shu. Bikmaev xoh 5 daqiqa o'ynasin, xoh 10 daqiqa, gol ursa bo'lgani.
Marat hozircha zaxirada qolayotgani uchun shaxsan bizga etiroz bildirgani yo'q. Bikmaev necha daqiqa o'ynashidan qati nazar jamoamizga nafi tegmoqda.
O’xshash yangiliklar
23:05
Evropa ligasi. Sulsherning debyut o'yinida "Beshiktosh" "Atletik"ni yirik hisobda mag'lub qildi 7
Fikrlar