So’nggi yangiliklar

20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  0 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  13 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  7 18:46"Манчестер Сити" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  12 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  20 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  3 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  5 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  4 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0

Andrey Miklyaev: "Safardagi 0:0 hisobi hech nimani anglatmaydi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Safardagi 0:0 hisobi hech nimani anglatmaydi"

OCHL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Hilol" o'yinidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev ishtirok etdi.
"Barchaga hayrli kun. Safarda 0:0 hisobida durang o'ynaganimiz hech nimani anglatmaydi. Ertaga javob bahsi bo'ladi, shu bois undan keyin hech nimani o'zgartirishga imkon bo'lmaydi. Imkoniyatlar mutlaqo teng. Ertaga kim birinchi gol ursa taktika o'zgarib boraveradi. "Lokomotiv" keyingi bosqichga chiqishga urinadi. Jamoaning yangi tarixini yaratmoqchimiz. CHorak finalga chiqishni juda ham xohlayapmiz", - deydi Andrey Miklyaev.

"Ertaga albatta o'yin qiyin bo'ladi. Hozircha hech nima hal bo'lmagan. Safardagi durang hech nimani anglatmaydi", - deydi Salim Mustafoev.

- Safarda himoyadan o'ynadinglar. Ertaga hujumkor o'yin namoyish etasizlarmi?
- Ertaga javob bahsi. SHu bois har bir xato kechirilmaydi. Taktikamizni oshkor qilishni istamayman.

- Jamoa penaltilar seriyasiga tayyormi?
- Albatta.

- O'tgan safar ham shu savol berilgandi. "Bunyodkor" stadionida OCHLda kam gol uriladi. "Al Nasr" bilan ham 0:0 bo'lgandi...
- Ertaga 0:0 bo'lib penaltilar seriyasida yutsak bundan xursand bo'laman. Ammo hujumchilarimizga ishonaman. Marat Bikmaev, Temurxo'ja Abduxoliqovda imkoniyat bo'lsa to'p kiritishadi va g'alaba qozonamiz.

- O'tgan o'yinda aynan sizning qanotingizdan ko'p hujum qilindi. O'sha futbolchini o'rgandingizmi?

Salim Mustafoev: - Albatta uchrashuvdan keyin o'sha o'yinni ko'rib chiqdik. Raqiblarni yanada yaxshi o'rgandik.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика