Andrey Miklyaev: "G'alabani qo'ldan chiqarish biroz alamli"
10 mar 2019 17:02
Yangiliklar


Andrey Miklyaev: "G'alabani qo'ldan chiqarish biroz alamli"
"Bugun mavsumning birinchi o'yinini o'tkazdik. Yigitlarga rahmat aytaman. Albatta, g'alabali natijani ushlab qola olmaganimizdan biroz xafamiz. G'alaba qozonishni juda ham istagandik. Hali barchasi oldinda.
Ikki hafta Toshkentda tayyorgarlik ko'ramiz. 2-turda "Dinamo"ga qarshi bahsga poytaxtda tayyorlanamiz. "Surxon" Superligada ishtirok etishi so'nggi pallada hal bo'ldi. SHunga qaramay o'yinni shakllantirishga harakat qildik.
Asilbek Omonov bugun yaxshi o'ynadi. Hozirgi kunda u jamoamizda birinchi raqamli posbon. Bu yilgi maqsadimiz Superligada raqobatbardosh jamoa tuzish.
"Metallurg" o'tgan yil 5-o'rinni olganini unutmaylik. Ularning safida tajribali futbolchilar ko'p. O'ylamanki ular bilan 1:1 hisobidagi durang u qadar yomon emas", - deydi Miklyaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar