Andrey Miklyaev: "Bugun ko'plab yoshlarning o'yinini kuzatib oldik"
28 apr 2016 19:20
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: "Bugun ko'plab yoshlarning o'yinini kuzatib oldik"
- Natijadan ko'nglim to'ldi. Bugungi o'yinda bir qator yosh futbolchilarning o'yinini kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldik. Tezkor gollarimiz o'yin taqdirini hal etdi. Uchrashuvning qolgan qismida esa bazi bir rejalarimizni sinab ko'rdik. Muhimi g'alaba qozondik va bu narsa "Al Nasr"ga qarshi uchrashuv oldidan jamoamizga yaxshi kayfiyat taqdim etadi. Temurxo'ja Abduxoliqovning yo'qligiga kelsak, unda kichik jarohat bor edi. SHu bois uni muhim bahs oldidan asardik. SHuningdek, Kapadze va Oleg Zoteev ham bugun o'ynamadi va ularda ham mikro jarohat bor. Nega hujumchilarni to'liq o'ynatmayapmiz? CHunki oldinda muhim o'yin bor. Agarda oldinda OCHL doirasidagi uchrashuvi bo'lmaganida, balki Marat Bikmaevga ham to'liq o'ynashiga imkon berardik. SHunda bizda ham poker va xet-triklarni ko'rarmidik. Yoshlar jamoamiz ayni paytda bizning eng og'riqli nuqtamiz. Rahbariyat ham bunga jiddiy yondoshib, katta etibor qaratmoqda. O'ylaymanki, kelajakda yoshlar jamoamiz ham yaxshi natijalarni qayd etishadi.
Fikrlar